» » Markaziy harbiy okrug bo‘linmasi JIzzaxda ekstremal sharoitda maxsus vazifani bajardi (foto)

Markaziy harbiy okrug bo‘linmasi JIzzaxda ekstremal sharoitda maxsus vazifani bajardi (foto)


Markaziy harbiy okrug bo‘linmasi Jizzax viloyatidagi tog‘li hududlarda va sun’iy jihozlangan dushman obyektida maxsus mashqlarni bajardi. Bu haqda “Daryo”ga harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov ma’lum qildi.

Dastlab bo‘linma shaxsiy tarkibi harbiy texnikada notanish bo‘lgan tog‘li hududga olib kelindi. Birinchi galda harbiy xizmatchilar tomonidan o‘zlari turgan joy va shartli dushman obyektigacha bo‘lgan masofa va yo‘nalish aniqlab olindi. Suvli to‘siqdan o‘tish vaqtida bo‘linma uchta kichik guruhga bo‘linib harakatlandi. Shovqinsiz, imo-ishoralar va shartli signallar orqali hamda talafotsiz belgilangan vaqtda marraga yetib borgan shaxsiy tarkib ikkinchi bosqich mashg‘ulotiga jalb qilindi.

Muntazam tayyorgarlikka ega harbiylar sun’iy jihozlangan dushman obyektida harakatlanib, qurolli bosqinchilar bilan yaqin masofada jang olib bordi. Komandir bo‘linmani jangovar ikkilik va uchlikka ajratdi. Ular otish pozitsiyalarini o‘zgartirib, tezkor va chalg‘ituvchi taktik harakatlar bilan shartli dushmanni qarshi oldi.

Oldindagi asosiy vazifa begunoh asirlarni qutqarish va to‘satdan paydo bo‘lgan xavfning oldini olish bo‘ldi. Maxsus mashqlarni bajarishga ko‘p yillik xizmat tajribasiga ega bo‘lgan ofitser va serjantlar rahbarlik qildi.

Mavzuga doir: Fotogalereya: Jizzaxdagi harbiy qismda snayperni qidirib topish va zararsizlantirish bo‘yicha jangovar mashqlar o‘tkazildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют