» » Vobkent hokimining qarorlari Buxoro viloyati hokimi qarorlaridan shunchaki ko‘chirma ekani tanqid qilindi

Vobkent hokimining qarorlari Buxoro viloyati hokimi qarorlaridan shunchaki ko‘chirma ekani tanqid qilindi


Buxoro viloyati hokimligida 17-aprel kuni viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev ishtirokida hokimlik soati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda hokimlik axborot xizmati.

Hokimlik soati yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidentining 11-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida”gi qarorining viloyatda so‘zsiz ijrosini ta’minlash borasidagi vazifalar muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, joriy yil birinchi choragida 124 ta hujjat kirim qilingan bo‘lib, ular ijrosini tashkil etish yuzasidan viloyat hokimligining tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlari qabul qilingan.

“Ammo ba’zi hududlar, korxona va tashkilotlarda mazkur hujjatlar ijrosini tashkil etish, ularning monitoringini yuritish borasidagi ishlar talabga javob bermaydi”, — deyiladi hokimlik axborotida.

Xususan, Vobkent tumanida mart oyida kelib tushgan 32 ta hujjat yuzasidan tuman hokimining tegishli hujjatlari aksariyati muddati buzilgan holda qabul qilingan, nazorat rejalar ishlab chiqilmagan, monitoring yuritish tizimi umuman o‘rnatilmagan, yig‘ilishlarda qarorlar ijrosi muhokama qilinmagan.

“Tuman hokimining ko‘pgina qarorlari mazmunan sayoz tuzilgan, viloyat hokimining qarorlaridan tegishli bandlari ko‘chirib yozilgan, xolos”, — deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmati xabarida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют