» » Sirdaryodagi quruvchi va hasharchilarning soni, hududda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi

Sirdaryodagi quruvchi va hasharchilarning soni, hududda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi


FVV matbuot kotibi Murod Sodiqovning brifingda bergan ma’lumotiga ko‘ra, Sardoba falokatidan talafot ko‘rgan hududlarni tiklash uchun 11 ming nafardan ortiq quruvchi va hasharchilar ko‘makka yetib borgan.

Milliy gvardiya bo‘lim boshlig‘i To‘lqin Qodirov esa quruvchi va hasharchilar joylashgan 17 ta obyektda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlashga Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi tizimidan 120 nafar xodim jalb qilinganini bildirgan.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga Milliy gvardiyaning 2,5 ming nafardan ortiq shaxsiy tarkibi, 140 ga yaqin maxsus texnika va transportlari jalb etilgan.

3 mingdan ortiq xonadonlardan fuqarolar yuklari ko‘chirilgan, qurilish chiqindilari olib chiqilgan. Sardoba tumanining “Do‘stlik” mahallasida 715 ta xonadonda ko‘chirish va tozalash ishlari yakunlangan. Bu yerdan 762 ta hujjat topilib, o‘z egalariga topshirilgan. Toshqin oqibatida 76 ta ko‘p qavatli uy yaroqsiz holga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, texnogen ofat oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida 2570 ta uy-hovli va 76 ta ko‘p qavatli uy yaroqsiz holga kelgan edi.

Shuningdek, 1781 ta hovli, 52 ta ko‘p qavatli turar joy qisman zararlangan. 70 ta ijtimoiy obyekt, 20 ming gektarga yaqin ekin maydoni, 828 kilometr yo‘l, elektr, gaz, ichimlik suvi, aloqa tarmoqlariga talafot yetgan.

Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida uy-joylari butunlay yaroqsiz holga kelib qolgan aholi uchun 3 ta massivda jami 2 ming 640 kvartirali 66 ta 5 qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir: 

Ma’lumot uchun, Sardoba suv omboridagi suv toshqinidan so‘ng uning atrofida joylashgan aholi punktlaridan 70 mingga yaqin fuqaro Sirdaryo viloyatining boshqa hamda Jizzax viloyati hududlariga evakuatsiya qilingan (xavf bartaraf bo‘lgani bois, aholi asta-sekin uylariga qaytmoqda); hodisa oqibatida kamida 56 kishi turli darajada tan jarohati olgan, toshqin zonasida qolib ketgan yuzlab odamlar qutqarilgan.

Viloyatda falokat oqibatida zarar yetgan elektr energiyasi ta’minotini ta’mirlash ishlari 4-may kuni boshlangan edi. 8-mayga borib 10 mingdan ortiq xonadonning elektr ta’minoti tiklangandi.

Eslatib o‘tamiz, 15-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev sardobaliklar bilan uchrashuvda suv toshqini oqibatida zarar ko‘rgan uylar davlat tomonidan bepul ta’mirlab berilishini, uylari zararlangan odamlarning ilgarigi hovlilari ham o‘zlarida qolishini ma’lum qilgan edi.

Bundan tashqari, shu kuni suv toshqinidan jabr ko‘rgan 4,5 mingdan ortiq xonadon egalariga 40 million so‘mlik moddiy yordam sertifikati, maishiy texnika to‘plami uchun sertifikat va ichida pul mablag‘i bo‘lgan bank kartochkalari tarqatilishi ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют