» » Samarqandda bir kunda 24 kishida, Navoiyda 21 kishida koronavirus aniqlandi

Samarqandda bir kunda 24 kishida, Navoiyda 21 kishida koronavirus aniqlandi


O‘zbekistonda 22-may kuni 69 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, jami kasallanish holatlari soni 3036 taga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga ko‘ra, ularning 14 nafari chet eldan kelgan fuqarolar, 9 nafari avvaldan karantinda bo‘lgan fuqarolardir, qolgan 46 ta holat aholi orasidan aniqlangan.

Kun davomida qayd etilgan 69 ta kasallanish holati uchta mintaqaga to‘g‘ri kelmoqda — Toshkentda va Samarqand viloyatida 24 tadan holatda, Navoiy viloyatida esa 21 ta holatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlik aniqlangan.

Ayni vaqtda Samarqand va Navoiydagi barcha 45 ta kasallanish holati aholi orasidan aniqlangan — hozirda ushbu ikki viloyat O‘zbekistondagi koronavirusning asosiy o‘choqlari bo‘lib turibdi (shu bois Samarqandda ham, Navoiyda ham karantin tartibi kuchaytirilmoqda).

Sog‘liqni saqlash vazirligi 21-may yakunlari bo‘yicha bergan hisobotida koronavirusga chalingan uch fuqaro Toshkentda 12 kishiga, Navoiy viloyatida besh kishiga, Samarqand viloyatida esa uch kishiga infeksiyani yuqtirgani ma’lum qilingan edi.

Koronavirusga chalinganlik tashxisi bilan Toshkentdagi kasalxonalarga yotqizilganlarning 14 nafari chet eldan kelganlar, 9 nafari esa avvaldan karantin kuzatuvida bo‘lganlardir. SSV axborotiga ko‘ra, yana bir holat Toshkent viloyatida, aholi orasidan aniqlangan.

Qayd etish joiz, 22-may kuni 85 nafar fuqaro (Namanganda 14 nafar, Samarqandda 40 nafar, Toshkentda 25 nafar, Andijonda to‘rt nafar, Buxoroda so‘nggi ikki nafar bemor) koronavirus infeksiyasidan tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sog‘ayganlar soni 2492 nafarga yetdi.

Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari koronavirusdan xoli hududlar bo‘lib turibdi (avvalroq koronavirusdan xoli hududlar ro‘yxatida Navoiy viloyati ham bor edi).

“O‘zbekistonning yettita hududidagi davolanish muassasalarida 531 nafar bemor davolanmoqda”, — deydi SSV matbuot kotibi Furqat Sanayev. O‘zbekistonda ilk kasallanish holati qayd etilganidan buyon 13 bemor koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют