» » Pandemiya fonida dunyodagi yirik IT-kompaniyalarning kapitalizatsiya qiymati rekord darajada ko‘tarildi

Pandemiya fonida dunyodagi yirik IT-kompaniyalarning kapitalizatsiya qiymati rekord darajada ko‘tarildi


AQShning eng yirik beshta texnologik korporatsiyasi — Microsoft, Apple, Amazon, Alphabet va Facebook’ning umumiy bozor kapitalizatsiya qiymati rekord darajaga ko‘tarilib, 5,6 trillion dollarga yetdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur kompaniyalarning aksiyalari narxi mart oyida boshqa kompaniyalarniki kabi tushib ketgan. Shundan so‘ng ularning narxi oshib, inqirozgacha bo‘lgan ko‘rsatkichdan ham yuqoriga ko‘tarildi.

Mart oyidagi narxlar qulashidan keyin mazkur kompaniyalarning umumiy kapitalizatsiyasi 1,7 trillion dollarga yoki 43 foizga o‘sgan. Bu esa AQSh kompaniyalari o‘sishining o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori hisoblanadi. O‘rtacha ko‘rsatkich 33 foizni tashkil qilgan.

Shu tufayli S&P 500 birjasi indeksidagi kompaniyalar umumiy kapitalizatsiyasida texnologik gigantlarning ulushi oshgan va ular mazkur birjadagi kompaniyalar umumiy qiymatining 24 foizini tashkil qilmoqda. Bu esa inqirozgacha bo‘lgan davrdagi ko‘rsatkichdan uch foiz yuqori hisoblanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют