» » Pokistondagi aviahalokatning taxminiy sabablari aytildi

Pokistondagi aviahalokatning taxminiy sabablari aytildi


Pakistan International Airlines laynerining Karachi yaqinida kutilmaganda qulab tushishiga samolyotning qushlar galasi bilan to‘qnashib ketgani sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda mahalliy Nation gazetasining Twitter’ida ma’lum qilingan.

Nashr hukumat vakillari aviahalokat haqida bergan birinchi hisobotga tayangan. Gazetada yozilishicha, samolyotning shassi g‘ildiraklarida ham muammo kuzatilgan.

Avval Reuters’ning Pokiston fuqarolik aviatsiyasidagi manbasi ham shassi bilan bog‘liq muammo haqida ma’lum qilgandi. Agentlik suhbat qilgan xodimning so‘zlariga ko‘ra, samolyot texnik muammo sabab qo‘nish oldidan shassini ishga tushira olmagan.

Pakistan International Airlines bosh direktori Arshad Malik matbuot anjumanida samolyotning texnik jihatdan soz holatda parvozni amalga oshirganligini bildirgan. U aviahalokat sabablari bortdagi maxsus qurilma hamda qora quti ma’lumotlari asosida aniqlanishini qayd etgan.

“Qora quti topilmagunicha bu borada aniq bir fikr aytib bo‘lmaydi”, – deya aviakompaniya rahbari so‘zlarini keltirgan Geo TV.

Avval Pakistan International Airlines aviakompaniyasiga tegishli Airbus A320 yo‘lovchi samolyoti Karachi shahri aeroporti yaqinida qo‘nishga bir daqiqa qolganda yerga qulagani,  layner aholi yashaydigan hudud ustiga tushgani, samolyot bortida avvaliga 107 kishi bo‘lgani yozilgan, keyinchalik ularning soni 98 nafar ekani, havo kemasi yo‘lovchilarining 2 nafari omon qolgani xabar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют