» » Tojikistonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 2551 nafarga yetdi

Tojikistonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 2551 nafarga yetdi


Tojikistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 2551 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bergan.

“22-may holatiga ko‘ra, Tojikistonda koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 201 ta yangi holat qayd etilgan, mamlakatda infeksiyaga chalingan bemorlarning umumiy soni 2551 nafarga yetgan, bir sutka davomida kasallikdan vafot etish holatlari kuzatilmagan”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Ayni vaqtda mamlakatda 3151 kishi shifokorlar nazorati ostida bo‘lib turibdi, oxirgi sutka davomida 1089 kishi kasallikdan sog‘aygan.

Tojikiston hukumati va sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus profilaktikasi va uni davolash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Mavzuga doir: Emomali Rahmon Tojikistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida haqqoniy ma’lumotlarni e’lon qilish haqida ko‘rsatma berdi

21-may holatiga ko‘ra Tojikistonda 3 kishi koronavirus sabab vafot etgani va kasallik qurbonlari soni 44 nafarni tashkil qilayotgani haqida xabar berilgandi. Tojikiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida koronavirusdan qayd etilayotgan o‘lim ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan hududga aylangan.

Avval o‘zbekistonlik shifokorlar guruhining Tojikistonda 14 kun bo‘lib qaytgani va u yerda master-klasslar, seminarlar va yana boshqa tajriba almashish tadbirlari o‘tkazilgani, 8 nafar tibbiyot xodimi Toshkentda kutib olingani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют