» » AQSh davlat kotibi Amerikaning Ochiq osmon bo‘yicha kelishuvidan chiqayotganiga izoh berdi

AQSh davlat kotibi Amerikaning Ochiq osmon bo‘yicha kelishuvidan chiqayotganiga izoh berdi


AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning Ochiq osmon bo‘yicha kelishuvdan chiqishini e’lon qilgandi. AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo kelishuv olti oydan keyin bekor qilinishini bildirdi, deb xabar qilgan “RIA Novosti”.

Shuningdek, u Rossiya shartnomaga amal qila boshlasa, Oq uy o‘z qarorini o‘zgartirishi mumkinligini ta’kidlagan.

Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya AQSh hamda kelishuvni imzolagan boshqa ishtirokchilardan farqli ravishda namoyishkorona va shartnoma shartlarini turli yo‘llar muntazam bilan buzib kelgan. Pompeo Rossiyani o‘z hududida parvozlar amalga oshirilishiga yo‘l bermagani yoki o‘zi istagan vaqtda kelishuv doirasidagi parvozlarni cheklab qo‘yganlikda ayblagan.

Uning aytishicha, Moskva Abxaziya va Janubiy Osetiya bilan chegaralardagi 10 kilometrlik yo‘lakda parvozlarning amalga oshirilishiga qarshilik qilgan, shuningdek, Kaliningrad ustida uchgan samolyotlar masofasiga cheklovlar o‘rnatgan. Shu bilan birga, Pompeo Rossiyaning 2019-yilda AQSh hamda Kanada tomonidan katta harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan hududda parvozlarni amalga oshirishiga to‘sqinlik qilganini ta’kidlagan.

Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Aleksandr Grushko kelishuvning Moskva tomonidan buzilmagani, shuningdek, Rossiya tomoni bu kabi texnik bahonalar bilan kelishuvdagi mezonlarni buzishga urinishni yoqlamasligini bildirgan.

U muloqotni davom ettirish uchun kelishuvdan chiqmaslik zarurligi, biroq shartnomani bekor qilishda texnik masalalar yechimi hisobga olish imkonsizligini qayd etgan. Diplomat Ochiq osmon kelishuvi Yevropada 20 yildan beri tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilgani va harbiy xavfsizlik tizimining bir qismiga aylangani va bunda barcha omillar muhim ahamiyat kasb etishini aytib o‘tgan.

Rossiya Davlat dumasining xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Leonid Slutskiy RFda AQShning ochiq osmon kelishuvidan chiqish haqidagi qaroriga munosib javob borligi va ushbu choralar milliy xavfsizlikni himoya qilish maqsadida amalga oshirilishini bildirgan.

Ochiq osmon kelishuvi 1992-yilda imzolangan va sovuq urush davridan keyin Yevropada davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonchning mustahkamlanishiga xizmat qilgandi. 35 ta davlat ushbu xalqaro shartnomaning a’zolari hisoblanadi.

Shartnomaga 2002-yildan beri amal qilib kelinmoqda va unga muvofiq ishtirokchi mamlakatlar bir-birlarining harbiy salohiyati va bu boradagi chora-tadbirlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют