» » Gollivud aktyorlari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini koronavirus bo‘yicha mutaxassislarga beradi (video)

Gollivud aktyorlari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini koronavirus bo‘yicha mutaxassislarga beradi (video)


Gollivudning ko‘plab taniqli aktyor va aktrisalari, xususan, Juliya Roberts, Hyu Jekman, Salma Hayek, Milli Bobbi Braun, Konni Britton, Sheylin Vudli hamda Kristofer Xivyu “Mikrofonni uzat” kampaniyasida ishtirok etadi, deb yozadi “Kinopoisk.ru”.

Ular koronavirus haqidagi foydali ma’lumotlarni tarqatishda ko‘maklashish uchun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini bir kunga COVID-19 bo‘yicha mutaxassislarga topshiradi.

“Instagram’da ko‘rishamiz”, — deydi Jekman rolikda. “Xayr Facebook”, — deya qo‘shimcha qiladi Vudli.

ONE fondi tomonidan tashkil etilgan aksiya doirasida turli yo‘nalishdagi shifokorlar va mutaxassislar koronavirus haqida ma’lumot beradi va pandemiyani qay tarzda o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar beradi.

Kampaniya ishtirokchilarining to‘liq ro‘yxati bilan tashkilot saytida tanishish mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют