» » Sardoba suv ombori ishi bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olindi

Sardoba suv ombori ishi bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olindi


Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha 2 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

“Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.

“Gazeta.uz”ning huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasi ma’lum qilishicha, gumonlanuvchilar orasida 2018-yil 21-sentabrdan buyon “O‘zbekiston temiryo‘llari” kompaniyasi qoshidagi Sardoba suv ombori obyektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi boshlig‘i Faxriddin Danaboyev (1987-yilda tug‘ilgan) ham bor. U Jinoyat kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 3-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq suv ombori to‘g‘onining buzilishi bo‘yicha olib borilayotgan jinoiy ish doirasida 4 ta asosiy tergov taxmini mavjudligi xabar qilingandi. Ular:

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to‘g‘onining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Oqibatda Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. Favqulodda vaziyat tufayli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan, hodisa oqibatida kamida 56 kishi turli darajada tan jarohati olgan, toshqin zonasida qolib ketgan yuzlab odamlar qutqarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют