» » O‘zbekistonda yana 42 kishida koronavirus aniqlandi. Ularning 38 nafari Sankt-Peterburgdan charter reys bilan kelgan

O‘zbekistonda yana 42 kishida koronavirus aniqlandi. Ularning 38 nafari Sankt-Peterburgdan charter reys bilan kelgan


O‘zbekistonda 23-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42 kishiga ko‘payib, 3078 nafarni tashkil qilmoqda.

“Yangi kasallanish holatlarining barchasi chet eldan kelgan fuqarolarda aniqlangan”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida.

Jumladan, 38 nafar Sankt-Peterburgdan charter reys bilan, 2 nafar Tojikistondan kelgan va karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolarda hamda 2 nafar Qozog‘iston orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida infeksiya qayd etilgan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 2492 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. Hozirda 573 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir.

Mavzuga doir: Samarqandda bir kunda 24 kishida, Navoiyda 21 kishida koronavirus aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют