» » “Inter” va “Napoli” klublari sobiq bosh murabbiyi Luiji Simoni vafot etdi

“Inter” va “Napoli” klublari sobiq bosh murabbiyi Luiji Simoni vafot etdi


“Inter” klubining sobiq bosh murabbiyi Luiji Simoni 22-may kuni 82 yoshida vafot etdi. Bu haqida milanliklar matbuot xizmati xabar qildi.

“Futbol olami buyuk murabbiy va ajoyib insonni yo‘qotdi. Xayr Jiji, biz seni sog‘inamiz”, — deyiladi “Inter” xabarida.

Simoni futbolchilik faoliyati mobaynida “Napoli” bilan Italiya Kubogida zafar quchgan, “Jenoa” safida B Seriya g‘olibiga aylangan. Murabbiylik davrida “Inter” bilan UEFA Kubogini qo‘lga kiritgan, C Seriyada beshta sovringa ega chiqqan. 1998-yilda eng yaxshi italiyalik murabbiy nomiga loyiq ko‘rilgan.

Mutaxassis milanliklardan tashqari “Napoli”, “Latsio”, “Siyena”, “Torino” va boshqa bir qator Italiya klublarini boshqargan. Simoni 2019-yilda insultga yo‘liqqandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют