» » Toshkentda yer usti metrosi ustunlari yaqinida yer o‘pirilishi sodir bo‘ldi

Toshkentda yer usti metrosi ustunlari yaqinida yer o‘pirilishi sodir bo‘ldi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” ijtimoiy tarmoqlardagi poytaxtda yer usti metrosi estakadasi ustunlari yaqinida yer o‘pirilgani aks etgan fotosuratlar bo‘yicha izoh berdi.

Kompaniyaning Kapital qurilish direksiyasi mazkur holatni o‘rgangan va hodisaga tuproq o‘pirilishiga diametri 1200 millimetr bo‘lgan suv quvuri ustiga o‘rnatilgan himoyalovchi П shaklidagi beton plitaning sinishi sabab bo‘lganini aniqlangan.

Toshkent “Suvsoz” DUK vakillarining so‘zlariga ko‘ra, suv quvuri konstruksiyasi shikastlanmagan va suv sizib chiqishi sodir bo‘lmagan. Ehtimollarga ko‘ra, yo‘l qoplamasi va beton plita ommaviy tashqi bosim (ko‘p tonnali yuk mashinalari)ga dosh bera olmagan. Hodisa sabablari tegishli xizmatlar tomonidan o‘rganilmoqda.

“Fuqarolarning hodisa qurilish olib borilayotgan halqa metro tarmog‘iga ta’sir ko‘rsatishi haqida xavotirga tushishiga asos yo‘q. Hodisa joyi bilan qurilayotgan yer usti estakadasi tayanch ustunlari o‘rtasida 10 metr masofa bo‘lib, mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, obyektga xavf tug‘dirmaydi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 18-dekabrida Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishi qurilishida avariya sodir bo‘lgandi. Sodir bo‘lgan fojia oqibatida olti nafar quruvchi halok bo‘lgan. Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ochgan, aybdorlar ko‘pi bilan 5 yilgacha qamalishi mumkinligi ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют