» » Futbol bo‘yicha Meksika chempionati koronavirus sabab muddatidan avval yakunlandi

Futbol bo‘yicha Meksika chempionati koronavirus sabab muddatidan avval yakunlandi


Futbol bo‘yicha Meksika chempionati (Liga MX) koronavirus sabab muddatidan avval yakunlandi. Bu haqida liga rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Liga MX 2019/20-yilgi mavsumi g‘olibi aniqlanmaydigan bo‘ldi. KONKAKAF—2021 Chempionlar Ligasida esa musobaqa jadvalida dastlabki ikki o‘rinni egallab turgan “Krus Asul” va “Leon” klublari ishtirok etadi.

Liga rahbariyati mamlakatda futbol o‘yinlarining yangi mavsumi qachon boshlanishini iyun oyining dastlabki haftasida ma’lum qiladi. Liga va sog‘liqni saqlash departamentining birgalikdagi qaroriga ko‘ra yangi mavsum o‘yinlari tomoshabinlarni qaytarish borasidagi shartlar bajarilmagunga qadar yopiq eshiklar ostida o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Meksika chempionati koronavirus pandemiyasi sabab 15-mart kuni 10-turga kelib to‘xtab qolgandi. Ligada jami 18 ta jamoa ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, hozirga qadar Yevropaning uch davlatida milliy chempionat bahslari muddatidan avval yakunlandi: Niderlandiya, Fransiya va Belgiya.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют