» » Qarshi tumani hokimi o‘rinbosari sudda klaster faoliyati to‘xtatilishini klaster rahbarining selektorda qatnashmasligi, hokim telefoniga javob bermasligi bilan izohladi

Qarshi tumani hokimi o‘rinbosari sudda klaster faoliyati to‘xtatilishini klaster rahbarining selektorda qatnashmasligi, hokim telefoniga javob bermasligi bilan izohladi


Qashqadaryoda selektorlarda qatnashmaslik va hokimiyat vakillarining telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermaslikda ayblanib, klasterlik faoliyati to‘xtatilgan tadbirkor tuman hokimining xatti-harakatidan norozi bo‘lib, sudga murojaat qilgani haqida xabar berilgandi. Mazkur sud jarayonida qatnashgan Qarshi tumani hokimi o‘rinbosari Akrom Aripov klaster faoliyati tugatilishiga tayinli asos keltirolmadi.

Sudda ishtirok etgan “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevning xabar berishicha, Akrom Aripov klaster faoliyati tugatilishiga rahbarining selektorlarda qatnashmasligi va tuman hokimining telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermasligini vaj qilib ko‘rsatgan bo‘lsa-da, sud so‘roviga javoban klaster rahbarining biror-bir selektor yig‘ilishiga chaqirilganini isbotlovchi rasmiy hujjat taqdim qilolmagan.

“Klaster rahbari Nurbek Ergashev o‘ta manman va kibrli, u hukumat selektorlariga chaqirilsa-da, qatnashmaydi. Tuman hokimi va hokimiyat vakillarining telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermaydi, — dedi Akrom Aripov. — Qolaversa, g‘alla kombaynlarining ta’miri hamda g‘alla hosildorligini yaxshilash maqsadida sarflanishi lozim bo‘lgan bo‘lgan pullarni shu paytga qadar to‘lab bermagan.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev rahbarligida Koson tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda paxtachilik klasteri bo‘lgan Sulton Tex Group korxonasiga g‘allachilik kombaynlarini ta’mirlash va g‘alla hosildorligini yaxshilash uchun 5,6 milliard so‘m pul to‘lab berilishi talab qilingan va majlis bayonnomasiga kiritilgan.

Paxtachilik klasteri bo‘lgan Sulton Tex Group korxonasi mazkur talabni bajarishdan bosh tortgach, tuman hokimligi vakillari klaster faoliyati tugatish uchun arzimas bahonalar keltira boshlagan. Natijada O‘ktam Barnoyev rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida klaster faoliyati tugatilishi lozimligi aytib o‘tilgan.

Tuman hokimligi mas’ullari esa mazkur majlis bayonini hukumat qarori deb atab, klaster faoliyati tugatilganini ma’lum qilgan va tumandagi fermerlarni bo‘sh shartnomaga imzo qo‘yishga majburlagan. Kooperatsiya tuzilayotganini ma’lum qilgan.

Mazkur sud ishida qatnashgan Biznes-ombudsman vakili Sheroz Shodiyev Akrom Aripovning O‘ktam Barnoyev rahbarligida tuzilgan majlis bayonini hukumat qarori deb atayotganiga keskin qarshilik bildirib, mansabdordan hukumat qarori va majlis bayonining farqi nimadaligini so‘radi. Shuningdek, davlat rahbari farmonida klasterlik maqomi tikuv trikotaj va to‘qimachilik korxonalari mavjud bo‘lgan tadbirkorlarga berilishi lozimligi aytilganini eslatib, hokimiyatning majlis bayonini asos qilib, Prezident farmoniga qarshi ish qilmayotganiga shubha qilayotganini ta’kidladi.

Sud ishida ishtirok etgan tuman hokimi o‘rinbosari Akrom Aripov klaster rahbari Nurbek Ergashevning kooperatsiya o‘zi nima va uning maqsadi nimadan iborat, degan savoliga ham javob berolmadi.

“Jurnalistlar shu masalada meni besh marta internetga chiqarishdi, men o‘zi yaqinda hokim o‘rinbosari sifatida ish boshlaganman. Aksariyat masalalardan mening xabarim yo‘q”, — dedi Akrom Aripov.

Ta’kidlash lozim, Qarshi tumani hokimi Maqsuda Mustafoyeva mazkur sudga chaqirilganiga qaramasdan sud ishida ishtirok etmadi.

Sud ishi 2020-yil 25-may kuni o‘z ishini davom ettiradi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют