» » Xitoyda ilk bor sutka davomida koronavirusga chalinish holati qayd etilmadi

Xitoyda ilk bor sutka davomida koronavirusga chalinish holati qayd etilmadi


Xitoyda pandemiya boshlanganidan buyon ilk bor sutka davomida koronavirusga chalinish holati ham, undan vafot etish holati ham qayd etilmadi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib. Faqat 28 kishida kasallik belgisiz o‘tayotgani aniqlangan, uch nafar bemor sog‘aygan.

Mamlakatda umumiy hisobda 82 971 kishi koronavirusga chalingani qayd etilgan. Ularning 78 258 nafari sog‘aygan bo‘lib, 79 nafari hali ham kasalxonada. Virus qurbonlari soni 4634 kishini tashkil qilmoqda.

So‘nggi sutka davomida 23 kishi karantindan chiqarilgan. Test natijalari ularda virus yo‘qligini ko‘rsatgan. Ayni paytda yana 370 kishi shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda 22-may kuni sutka davomida 39 kishida, 21-mayda 33 kishida, 20-mayda esa 5 kishida koronavirus qayd etilgan.

May oyi boshlarida esa Xitoyning barcha hududlarida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik xavf pasaygani, mamlakatda yuqori yoki o‘rta darajadagi tahdid darajasiga ega joylar qolmagani xabar berilgan edi.

O‘zbekiston Xitoydan uch marta gumanitar yordam yuklarini qabul qilgan, koronavirusni aniqlovchi 200 mingta test tizimini sotib olgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют