» » Toshkent tumanlarining yangi hokimlari, buzilishi boshlangan garajlar, Samarqandda yonib ketgan “benzin tashuvchi” va kunning boshqa muhim xabarlari

Toshkent tumanlarining yangi hokimlari, buzilishi boshlangan garajlar, Samarqandda yonib ketgan “benzin tashuvchi” va kunning boshqa muhim xabarlari


19-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Ikki kunda olti o‘zgarish: Toshkent tumanlari hokimlari nega almashtirilmoqda? Tuman hokimlarining ommaviy almashtirilishi sabablari yuzasidan hozircha rasmiy izoh berilgani yo‘q.

2. Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot Idlibda zarin qo‘llanilganini ma’lum qildi. Kimyoviy hujum oqibatida Xon-Shayxunda 90 ga yaqin odam halok bo‘lgan edi.

3. Toshkentda garajlarni buzish ishlari boshlandi. Shahar hokimining garajlarni buzish bo‘yicha qarori loyihasi hali muhokamada.

4. Shimoliy Koreya AQShga zarba berishni aks ettiruvchi videoni namoyish qildi. Namoyishdan oldin bo‘lib o‘tgan paradda yangi qit’alararo ballistik raketasi namoyish etilganligi taxmin qilinmoqda.

5. Samarqandda “benzin tashuvchi” yengil avtomobil yonib ketdi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagani aytilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют