» » Qashqadaryolik fermerning piyoz ekilgan yeri IIB xodimlari tomonidan payhon qilindi

Qashqadaryolik fermerning piyoz ekilgan yeri IIB xodimlari tomonidan payhon qilindi


Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida fermerning bir gektar maydondagi piyozi payhon qilingan. Bu haqda “Daryo”ga shikoyat qilgan fermer xo‘jaligi rahbari Murodilla Xudoynazarovning aytishicha, voqea 21-may kuni sodir bo‘lgan.

“Oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj sabab fermer xo‘jaligimda bir gektar maydonga piyoz ekkandim. Hokimiyatdan e’tiroz bildirishgani uchun yarmini xom bo‘lsa ham yig‘ishtirib oldik. Ammo qolgan 40 sotixi urug‘lik piyoz edi, hali yig‘ib olishga ulgurmagandik. IIB xodimlari kelib, urug‘lik piyozimni traktor bilan payhon qilib tashladi”, — deydi “Xudoynazarov Murodilla Bobomurodovich” fermer xo‘jaligi rahbari Murodilla Xudoynazarov.

“Daryo”ga taqdim etilgan videoda ikki nafar IIB xodimining fuqaro qarshiligiga qaramasdan, uning qo‘llarini ushlab olib ketishga urinayotganini ko‘rish mumkin.

Videoni tasvirga olgan fuqaroning aytishicha, IIB xodimlari ushbu holatda fermerni urib-so‘kib olib ketmoqda. Yana bir videoda esa IIB xodimlari voqeani tasvirga olayotgan fuqaroga e’tiroz bildirib, uning harakatiga qarshilik qiladi.

“Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan fermer Murodilla Xudoynazarovning aytishicha, u mazkur masalada tuman hokimligi vakillari bilan gaplashib, kelishib olgan.

“Hokimiyat vakillariga piyozni o‘rib olishimni aytgandim, ammo urug‘likka ekilgan piyozni hali yig‘ishga ulgurmagandik. IIB xodimlari mehnatimizni qadrlashmadi. Ularga tushuntirishga harakat qildim, ammo quloq solishmadi”, — deydi fermer.

56 yoshli fermer IIB xodimlari unga qo‘pol munosabatda bo‘lganligini aytmoqda.

“IIB xodimlari menga kuch ishlatib, olib ketishga urinayotganini kuyovim Farrux Dagarov telefoniga suratga ola boshladi. IIB xodimlari esa buni ko‘rib, yanayam g‘azablandi. Kuyovimga men suratga olishni buyurganimni aytib, menga kuch ishlatishdi”, — deydi Murodilla Xudoynazarov.

Fermerning qo‘shimcha qilishicha, kuyovining voqeani suratga olayotganini ko‘rgan IIB xodimlari unga tashlangan va telefonini tortib olishga uringan, ammo ololmagan.

“Kuyovimning telefonini olisholmagach, mening telefonimni olib qo‘yishdi va haligacha qaytarib berishmadi”, — deydi IIB xodimlaridan norozi bo‘lgan fermer.

Mazkur voqeaga munosabat bildirgan Yakkabog‘ tuman hokimligi fermerni o‘zboshimchalikda aybladi.

“Yakkabog‘ tumanining “Darxon” MFY hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Xudoynazarov Murodulla Bobomurodovich” fermer xo‘jaligi tuman hokimining 2019-yil 24-yanvardagi qarori asosida tashkil etilib, 102,1 gektar yer maydoni ajratib berilgan. Shundan sug‘oriladigan yer maydoni 96,3 gektar bo‘lib, joriy yil 52 gektar yerga g‘alla, 35,8 gektarga chigit qadalgan. Fermer belgilangan rejaga nisbatan 2,3 gektar kam chigit ekkani aniqlangan. Shuningdek, fermer o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda 6,1 gektar maydonga beda, 1,40 gektarga esa piyoz ekkan. Fermerning 1 gektar yer maydoni bo‘sh turgan”, — deydi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Yakkabog‘ tuman kengashi raisi Abror To‘xtamishov.

Ta’kidlanishicha, fermerning ushbu harakatini o‘zboshimchalik deb bilgan mas’ul tashkilotlar — tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi, qishloq xo‘jaligi bo‘limi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashining mas’ul xodimlaridan iborat vakillar dalolatnoma asosida noqonuniy ekilgan ekinlarni buzib, o‘rniga shartnoma rejasida ko‘rsatilgan ekin ekilishini ta’minlashga uringan. Oqibatda fermerning piyozi payhon qilingan.

Mavzuga doir: Video: Yakkabog‘da fermer ishchisi ayollar ustiga kerosin sepib, yoqib yuborishga urindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют