» » Dollarning kelajagi va niqobini yechayotgan Zelenskiy. Rossiya uchun osmonini yopayotgan AQShning maqsadi nima? Jahon matbuoti sharhi

Dollarning kelajagi va niqobini yechayotgan Zelenskiy. Rossiya uchun osmonini yopayotgan AQShning maqsadi nima? Jahon matbuoti sharhi


Daryo jahon matbuoti sharhi ruknining navbatdagi muhokamalarga boy sonini diqqatingizga havola etadi.

Dollarning kelajagi qanday boladi?

Pandemiya sababli mart oyi oxirlaridan boshlab dunyo bozorlaridagi vaziyat yomonlasha boshladi. Xalqaro sarmoyadorlar bu safar ham 2008-yildagi moliyaviy inqiroz paytida jon saqlash uchun yana dollarga murojaat qildi. AQShning federal zaxirasi esa xalqaro hamkorlarini dollar yetkazib berish maqsadida ulkan hajmdagi pullarni zarb qilishga kirishib ketdi. Ikkinchi jahon urushidan 75 yil otgan bolsa-da, dollar hamon dunyoning birinchi raqamli valyutasi bolib kelmoqda, deb yozadi The Foreign Affairs nashri.

Rivojlanayotgan bozorlarning osib borayotgani va AQSh iqtisodiyotining zaiflashuvi manzarasida dollarning oz nufuzini saqlab qolayotgani diqqatga sazovor. Agarda 1960-yillarda AQSh dunyo yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 40 foizni tashkil etgan bolsa, bugun bu ulushning 25 foizigina AQSh hisobiga togri kelmoqda. Shuni ham aytish joizki, bugungi kunda dollarning oz nufuzini saqlab qolishi rasmiy Vashingtonning COVID-19 pandemiyasini qay tarzda yengish salohiyatiga ham bogliq.

Dollarning xalqaro nufuzi AQSh hukumatiga dollardagi aktivlarni nisbatan past qiymatlarda tolash imkonini berishi bilan muhim. Bundan tashqari, dollarning maqomi AQShga sezilarli darajada savdo defitsitlariga, kurs ozgarishlaridan keladigan xatarlarni qisqartirishga, moliya bozorini likvidli bolishiga yordam beradi. Shuningdek, dollar Amerika banklariga dollar bilan moliyalanish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

Xitoy iqtisodiyotining qudratga tolishini inobatga olsak, dollarning oz nufuzini ancha uzoq vaqtdan beri saqlab kelayotgani bir qarashda noodatiydek. Hozirda Xitoy yuani dollarning ornini egallash salohiyatga ega. Xitoy iqtisodiyotining kolamlarini, kelajakdagi osish suratini, xalqaro iqtisodiyotga integratsiyalashuvini, yuanning xalqaro integratsion jarayonlarga tortilishini qollab-quvvatlashning avj olgani kabi sabablar Xitoy valyutasining kelajagi borasida ijobiy tasavvurlar uygotadi. Biroq bu omillar ham yuanning dunyoning birinchi raqamli valyutasi bolishi uchun yetarli emas.

Buning uchun Xitoy hukumati bir qator tosiqlarni bartaraf etishga togri keladiki, bu choralarga bozor iqtisodiyotiga otish jarayonida ulkan yutuqlarga erishish, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, natijador va yaxshi tashkillangan moliyaviy bozorlarni yaratish xalqaro sarmoyadorlarning yuanga nisbatan hurmatini yuzaga keltiradi. AQSh hukumati esa Xitoy bilan raqobati ortida, aslida, nima turganini yaxshilab tushunib olishi kerak. AQSh hukumati moliyaviy va texnologik innovatsiyalarda peshqadam bolishni uddalashi zarur.

Xitoyning raqamli valyutasini dollarga raqobatchi boladi, degan fikrlarni mubolagalashtirishga esa asos yoq. Dollarga xalqaro yetakchilikni keltirgan omillar asosida esa oqilona ishlab chiqilgan makroiqtisodiy va fiskal strategiya asosiga qurilgan osib borayotgan iqtisodiyot, shaffof va ochiq boshqaruv tizimi va dunyo siyosati, iqtisodiyoti hamda xavfsizlik tizimidagi yetakchilik yotadi. Shunday ekan, dollarning nufuzi Xitoydagi vaziyatga emas, aksincha pandemiyadan keyingi iqtisodiyotga AQSh moslasha oladimi yoki yoqligiga bogliq bolib qoladi.

Xitoydagi bank moliya sohasidagi islohotlar va rivojlanish kolami qanchalik ulkan, yuqori bolmasin, raqamli yuan Xitoy yuani ekanicha qolaveradi. Pulning shakli ozgarsa-da, tolov birligi hamon osha oldi-sotdi vazifasi. Xitoy oz valyutasini xalqaro hisob-kitoblar jarayoniga tortishga urinar ekan, hamon neft, xomashyo hisob-kitoblarida dollar bilan hisob-kitob qilish saqlanib qolmoqda. XXI asrda funt sterling va dollar xalqaro valyuta hisob-kitoblarida ustunlik maqomida boldi, keyinroq esa xalqaro valyuta rezervlari qatoriga yapon iyeni, yevro, qoshildi.

Bugungi kunda esa Xitoy yuani ham xalqaro rezerv valyutasi bolish uchun salohiyatga ega. Ammo yuanxalqaro hisob-kitoblarda dollar bilan raqobatlashadigan darajaga chiqadi, deyish haqiqatdan yiroq. Xitoyda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi saqlanib qolar ekan, Xitoy yuani xalqaro rezerv valyutasiga aylanishi uchun ulkan iqtisodiy islohotlarga zarurat bor. Ulkan iqtisodiy islohotlar esa rasmiy Pekin uchun kutilmagan sovgalarga boy bolishi mumkin.

Oz navbatida dollar dunyo valyutasi maqomida qolar ekan, AQSh hukumati ham dunyo miqyosidagi savdo va texnologik sohalardagi raqobatda xalqaro normalarni va tartibni mukammallashtirishda tashabbusni qoldan boy bermasligi, dollarni sanksiyalar quroli sifatida ishlatishdan tiyilishi kabi muhim vazifalarni oqilona hal etishi joiz. Bunday tadbirlar esa dollarga ishonchli valyuta ekanida, albatta, yordam beradi.

Ruslar uchun osmonini yopayotgan AQSh

The Bloomberg kolumnisti Eli Leyk AQSh hukumatini ruslar bilan 1992-yilda imzolangan muhim shartnomadan chiqishini olqishlab maqola chop etdi. Muallif nazarida, Rossiya hukumati bitim bandlarini muntazam ravishda buzib keladi va tinchlik shartlarini xavf ostida qoldiradi. Biroq rasmiy Vashington ruslarning shartnomani buzishi borasida biror-bir dalil keltirmagan. Agarda bitim shartlariga bir taraf amal qilmayotgan bolsa, u holda ikkinchi taraf shartnomadan chiqish uchun tolaqonli huquqqa ega.

Prezident Donald Tramp Ochiq osmon boyicha kelishuvdan chiqishini elon qilgach, muxolifatchi partiyalar Trampni yana bir muhim shartnomadan chiqishi borasida tanqid qilib chiqdi. AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq rahbari Maykl Xeyden ozining Twitterdagi sahifasida bunday harakatni aqlsizlik deb atadi. AQShning BMTdagi sobiq vakili Samanta Pauer ozining Twitterdagi sahifasida esa Ittifoqchilarimiz ishtirok etayotgan shartnomadan chiqish bu Trampning uzoqni korolmaydigan siyosati natijasidir, deya oz fikrini qoldirdi.

Muallif fikricha, Tramp tomonidan qabul qilingan qaror tafsilotlariga kora ham, tamoyiliga kora ham togri. Ochiq osmonboyicha kelishuv 1992-yilda imzolangan bolib, mazkur shartnoma amerikalik va rus razvedka uchoqlariga harbiy obyektlar va qurolli kuchlar harakatlanadigan nuqtalar ustidan parvoz qilish imkonini beradi. Shartnomadan kozlangan maqsad esa shartnomani imzolagan 35 mamlakat ortasida qurollanish borasida azo mamlakatlar oz boyniga olgan masuliyatni qanday darajada bajarayotgani borasida ozaro ishonchni hosil qilish.

Nazariy jihatdan olib qaraganda bu yaxshi goyaga oxshaydi. Osmondan kuzatish Rossiya tarafining qurollanish borasidagi muhim kelishuvni qanday tarzda bajarayotganiga ishonch hosil qilishga yordam beradi. Shuningdek, mazkur shartnoma orqali azo mamlakatlarning qurolli kuchlari tinchlik vaqtida qayerlarda harakat qilayotgani borasida harbiy rejalashtirish imkonini beradi. Ammo shartnomaning bir kamchiligi shundaki, Rossiya tarafi muntazam ravishda shartnoma bandlarini buzib kelmoqda.

Misol uchun, 2014-yilda Rossiya harbiylarining Qrimga, keyinchalik esa Ukraina sharqiga bostirib kirishi Rossiya 1994-yilda Ukraina chegaralari butunligini hurmat qilishi haqidagi majburiyatni bajarmaslik hisoblanadi. Ukraina esa oz hududida joylashtirilgan yadro qurollaridan voz kechish evaziga yuqoridagi majburiyatlar kafolatlanishini qolga kiritgan edi. 1987-yilda imzolangan orta va yaqin masofaga uchuvchi raketalarni yoq qilish borasidagi shartnomaga muvofiq Rossiya Yevropada shunday raketalarni yoq qilish bilan bogliq bandlarnigina bajardi va bu hol 2008-yilga qadar davom etdi.

2008-yildan boshlab esa rus hukumati 1987-yilda imzolangan shartnomani uzoq masofadan turib boshqariladigan qanotli raketalarning tajribasi bilan shugullanib buza boshladi. AQSh tarafi esa 10 yildan oshiq vaqt mobaynida Rossiyani avvalroq imzolangan shartnoma bandlarini bajarishga chaqirib keldi.Biroq Putin Yevropadagi nishonlarga zarba berishi mumkin bolgan raketalarni takomillashtirishdan bosh tortmadi. Shu boisdan ham 2018-yilning oktabr oyida NATO shartnoma bandlarini buzayotgani haqida rasmiy malumot berdi, AQSh hukumati esa 1987-yilda imzolangan shartnomadan chiqishini malum qildi.

Ochiq osmon haqidagi shartnoma kuchga kirgach, Rossiya avvaliga shartnomaning bandlarini bajarib keldi. Ammo hokimiyat tepasiga Obama kelgach, rus tomoni AQSh qurolli kuchlariga ayrim harbiy obyektlar uzra parvoz qilishda ruxsat bermadi. Rasmiy Vashington rus hukumati AQShning muhim infratuzilmalari joylashgan nuqtalarni rasmga olishi va xaritaga tushirayotgani borasida muhim dalillari borligini bildirdi. Amerikalik senator Tom Kotton Ochiq osmon haqidagi shartnoma ezgu niyatlar bilan qudratli davlatlarga ishonch sari yol ochishga yordam berish uchun dunyoga kelgan bolsa, Rossiya razvedkasining josusi sifatida jon taslim qildi, deb Ochiq osmon haqidagi shartnomaga tarif berdi.

Hozirda amerikalik siyosatchilar Rossiyadan shartnoma bandlarini bajarishga chaqirib kelayotgan bolsa-da, rus tarafi amerikalik diplomatlarning chaqiriqlarini javobsiz qoldirib kelmoqda. Qudratli davlatlar ortasidagi shartnomalar xavfsizlikni saqlash uchun tuziladi, ammo shartnoma imzolagan taraflardan biri shartnoma bandlarini bajarmaslikni maqul korar ekan, undan naf bolmaydi. Tramp va noyabrda Oq uyga keladigan yangi prezident shartnoma bandlari bajarilmayotgani uchun shartnomadan chiqqanligi tamoyilida sobit tursa, kelajakda qurollanishni nazorat qilish borasidagi shartnomalar hozirda bajarilmayotgan shartnomalardan kora koproq xavfsizlikni taminlashga yordam berishi mumkin.

Tramp Ochiq osmon haqidagi kelishuvdan chiqar ekan, uning mamuriyati yadroviy qurollanish borasida strategik hujum qurollari muddatlarini uzaytirish uchun Rossiya bilan muzokaralarni boshlashga rozilik olgan. Aftidan, Tramp qurollanishni nazorat qilishga qarshi emasligini, ammo qurollanish haqidagi shartnoma bandlari buzilishiga qarshi ekanini aniq qilib korsatib qoydi.

Niqobini yechayotgan prezident yoxud Zelenskiyga nima bolyapti?

The Independent nashri Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hokimiyat tepasiga kelgach, ancha ozgargani va bu ozgarishlar, asosan, nimalarda aks etayotgani haqida maqola chop etdi. Inauguratsiya marosimidan bir yil otib, hokimiyat tepasida qolayotgan komik himoyalanish pozitsiyasida qolmoqda va u anchayin asabiy bolib qolgan. Bunga sabab esa Zelenskiy hokimiyat tepasiga kelganidan buyon muntazam ravishda davom etib kelayotgan inqirozlar bosimi ostida qolgani deb qaralmoqda.

Yoq joydan hokimiyat tepasiga chiqib qolgan Zelenskiyning katta sakrashi bir oz muddat kopchilikda havas ham uygotdi. U oz raqibi Pyotr Poroshenko ustidan saylovlarda sezilarli farq bilan galaba qozondi. Oradan uch oy otar-otmas mamlakatda parlament saylovlari otkazilishini elon qildi va parlamentda oz partiyasiga koplab ovozlar olib berishga erishdi. Tajribasiz, yosh, siyosat olamida hali kopchilikka tanilib ulgurmagan prezident faol ravishda mamlakat oldidagi muhim muammolarni hal qilishga kirishib ketdi. Uning oldida turgan asosiy muammolar esa Ukraina sharqidagi muammolar, korrupsiya, islohotlar, qashshoqlik darajasi, tinchlik masalasi edi. Ukrainlar esa uning bu siyosatiga xayrixoh edi va hattoki uning bu siyosati oddiy ukrainlarga manzur kela boshladi.

Tosatdan musiqa sadolari tin oldi. Sentabr oyida Kiyevda Ukraina geyt deb nom olgan bomba portladi, Vashingtondagi impichmentga bogliq muhokama jarayoni, Tehronda urib tushirilgan Ukraina avialayneri, Donbasdagi ayirmachilar bilan toqnashuvlar, prezident jamoasi ichidagi bahslar va koronavirus bilan bogliq vaziyat yosh prezident uchun kuchli ruhiy bosim boldi.

Tabiiyki, bunday inqirozlar avvalroq barchada havas uygotgan, millat kelajagi ishonchli vakilga otgani haqida umidlarni uygotgan, barchaning yuzida tabassum turishiga sababchi bolgan yosh davlat boshqaruvchisi uchun oson kechmasligi ayon. 20-may kunidagi matbuot anjumanida songgi bir yil mobaynida davlat boshida turgan, vaqti-vaqti bilan oz nutqlarida hazilomuz iqtiboslarni keltirishga odatlangan shaxs yil ogir kelgani haqida nutq sozlar, uning prezident bolishidan avvalgi yoqimli qiyofasida va shaxsiyatida keskin ozgarishlar bolganini korish mumkin edi.

Bu safargi chiqishida Zelenskiy kopchilikda haqiqiy siyosatchi turganini namoyish ham qildi. Uch soat davom etgan matbuot anjumanida prezident ozini agressivroq tutdi va koproq himoya qildi. Jurnalistlar ham yosh prezident tomon qaqshatqich savollar yomgirini yogdirdi. Prezident esa bundan achchiqlandi ham. Zelenskiyni jahlini chiqargan savollardan biri quyidagicha edi: Nega prezident yuqori mansablarni tajribasiz dostlariga bermoqda?. Men ularga koproq ishonaman, dedi prezident va Sizga ham mansab bersam, men bilan ishlab oz harakatlaringiz uchun javob bera olasizmi? qabilida javob qaytardi.

Bunday taklifni kutmagan jurnalist Roman Kraves The Independent nashriga bergan izohlarida prezident fikri bilan kelisha olmasligini, chunki taklif jiddiy ravishda yangramaganini va prezident uning shartlariga konishi ehtimoli juda kamligini bildirgan. Bunday taklif esa prezident jamoasi ortasida ishonch borasida malum qarama-qarshiliklar mavjudligidan ham dalolat beradi.

Ustiga ustak bu safargi matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob bergan prezidentda Ukraina siyosati, umuman, kelajagi haqida yangi goyalar va tashabbuslar bilan sugorilgan fikrlar korinmadi. Matbuot anjumanining eng diqqatga sazovor qismi uning ikkinchi muddatga saylanish haqidagi fikrlari boldi. Sababi saylovlar vaqtidagi nutqlarida Zelenskiy ikkinchi muddatga saylanish borasidagi fikrlari tamomila matbuot anjumanidagi fikrlaridan ozgacha edi. Zelenskiy ozini oqlar ekan, Bir muddat saylovoldi kampaniyamda vada bergan rejalarimni amalga oshirish uchun yetmasligini tushundim, dedi.

Matbuot anjumanining yana bir qiziqarli jihati AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden va Pyotr Poroshenko telefon suhbatining deputat Andrey Dekach tomonidan ochiqlanishi boldi. Bu ochiqlangan malumotlarda hech bir yangilik bolmasa-da, matbuot buni Baydenga yoki Poroshenkoga navbatdagi zarba berish uchun qaratilgan siyosiy qadam, deya baholashga ham ulgurdi. Baydenning noyabrdagi saylovlarda golib bolish imkoniyati u qadar ham yomon emasligi inobatga olinadigan bolsa, Zelenskiy, ehtimol, telefon yozuvlarini Poroshenkoga qarshi ishlatishga urinmoqda.

Zelenskiy asirlar bilan almashinish, COVID-19ga qarshi tezkor choralar korish borasida oz saylovchilari oldida yuzini saqlab qolayotgan bolsa-da, prezidentning haqiqiy siyosatchi bolish yolidagi sinovlar hali oldinda. Karantindan chiqish, ukrainlarni qashshoqlik domiga botirgan pandemiya asoratlaridan xalos bolish Zelenskiy hukumatining istiqbolli siyosiy rejalariga qarab belgilanadi. Zelenskiyning muvaffaqiyatli siyosati esa kop jihatdan uning jamoasida ishlayotgan islohotchilarga ham bogliq.

Jahongir Ergashev tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (23-05-2020, 14:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -