» » Amerikada qotillik uchun qamalgan mahbus taom tayyorlash bo‘yicha blog yuritib, mashhur bo‘lib ketdi

Amerikada qotillik uchun qamalgan mahbus taom tayyorlash bo‘yicha blog yuritib, mashhur bo‘lib ketdi


AQShning Kaliforniya shtatida qamoq jazosini o‘tayotgan erkak ovqat tayyorlash bo‘yicha blog yuritib, mashhur bo‘lib ketdi, deb yozadi Daily Mail.

Odam o‘ldirgani uchun umrbod qamalgan 31 yoshli Jeron Kombs TikTok’da @blockboyjmomey niki ostida blog ochdi. Erkakning sahifasi 1,3 millionta layk to‘pladi. Uning eng ommabop roligi esa 5,4 million marta tomosha qilindi.

Kombs ovqatlarni qamoqxona kamerasidagi bor imkoniyatlardan foydalanib tayyorlaydi. Masalan, u buzilgan mikroto‘lqinli pech va karavotdan gril yasadi.

Kombsning aytishicha, o‘zi tayyorlagan ovqat unga har doim shirin tuyulgan, shuning uchun ham u pazandalikka qiziqib qoldi. U pishirgan ovqatlaridan boshqa mahkumlarga ham beradi. Komb, ayniqsa, burritoni juda mazali tayyorlaydi.

Boshqa qiziq xabarlar: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют