» » Andijon hokimi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Andijon hokimi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi


Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov kommunal soha va aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga qo‘shgan hissasi uchun “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ko‘krak nishoni 23-may kuni uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Muzaffar Soliyev tomonidan topshirilgan. Vazir hokimning uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi hamda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashda amalga oshirayotgan ishlariga yuqori baho bergan.

Ma’lum qilinishicha, viloyatda ayni paytda 1623 ta ko‘p qavatli uy bo‘lib, 297 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan boshqariladi. 2017—2018-yillarda tijorat banklarining 127 milliard so‘mlik krediti hisobiga 1225 ta ko‘p qavatli uyda mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

2018—2019-yillarda 134,9 milliard so‘m mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 905 kilometr suv tarmog‘i, 241 ta quduq, 3 ta inshootda qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilib, 62 mingdan ortiq xonadonda yashovchi 400 ming aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilangan.

Viloyat hokimligining qo‘shimcha qilishicha, Shuhrat Abdurahmonov avvalroq Xalq ta’limi vazirligining “Xalq ta’limi homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют