» » Telefon tutmaydigan mashhurlar

Telefon tutmaydigan mashhurlar


Mashhurlar orasida ham fe’l-atvori turli va prinsipli kishilar bo‘ladi. Kimlardir zamon bilan hamnafas bo‘lishni, ijtimoiy tarmoqlarda hayotlarini ko‘z-ko‘z qilishni yoqtirsa, boshqalar telefon tutmaslikni afzal biladi. “Ru.tv” telefon tutishni xushlamaydigan yulduzlar kimlar ekaniga to‘xtaldi.

Tayra Benks

46 yoshlik supermodelning telefon tutmasligi vaqtning keraksiz narsalarga sarflanishi bilan bog‘liq. Tayra zarur bo‘lmasa ham ijtimoiy tarmoqlarda behuda vaqt o‘tkazayotganini, vaqt o‘tib telefonga qaram bo‘lib qolayotganini tushunib yetganidan keyin telefon tutmaslikka qaror qilgan. Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari assistentlari tomonidan yuritiladigan bir vaqtda Benks xonim vaqtini virtuallikka sarflamasdan hayotdan zavq olishga bag‘ishlagan.

Keysi Afflek

Aktyor shaxsiy hayotini ko‘z-ko‘z qilishni istamaydiganlardan. U ijtimoiy tarmoqdan foydalanish, unga rasm joylashdan ma’no ko‘rmaydi. Telefon salomatlikka zararligiga amin bo‘lgan Afflek smartfonini okeanga tashlab yuborgan va shundan beri telefondan foydalanmaydi.

Elton Jon

Xonanda intervyulardan birida hali biron marta ham telefon tutmaganini tan olgan. Jon bilan telefon orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanib bo‘lmaydi, qo‘ng‘iroqlarga menejeri javob beradi. Internet va kompyuter haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi. Internetdan foydalanish zarar, deb fikrlovchi Elton janoblari uni 5 yilga yopib qo‘yishni taklif qilgan, hatto.

Jonni Depp

Kinomatografiyaning “qaroqchisi” bo‘lgan Depp virtual muloqotni, xususan, qo‘ng‘iroqlar, uzundan-uzun SMS xabarlarni xushlamaydi. U hayotida gadjetlar va ijtimoiy tarmoqlarga o‘rin yo‘q ekanini ta’kidlagan. Lekin sal avvalroq aktyor tomonidan Instagram’da sahifa ochilgan va uning virtuallikni yoqtirmasa-da ro‘yxatdan o‘tganiga ajablangan kuzatuvchilar soni 2 kun ichida 3 millionni tashkil qilgan. Yolg‘izlikni ma’qul ko‘ruvchi va ijtimoiy tarmoqlarni jini suymaydigan Depp prinsiplarini o‘zgartirishiga koronavirus tufayli e’lon qilingan karantin sababchi bo‘lgan.

Mavzuga doir: 

Turk seriallari muxlislari uchun:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют