» » Toshkentda yana 33 bemor koronavirusdan tuzaldi. Ular orasida Tojikiston fuqarosi ham bor

Toshkentda yana 33 bemor koronavirusdan tuzaldi. Ular orasida Tojikiston fuqarosi ham bor


Toshkentda 23-may, shanba kuni 33 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati. Ularning 17 nafari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan, 16 nafari Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayib chiqqan.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning 9 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 8 nafari esa chet eldan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Hududlar kesimida tuzalganlarning 10 nafari Toshkent viloyatidan, 3 nafari Surxondaryo viloyatidan, 2 nafardan Toshkent shahri va Samarqand viloyatidan. Bemorlardan 10 nafari erkak, 7 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 5 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarning 4 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 12 nafari esa chet eldan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Hududlar kesimida tuzalganlarning 4 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafardan Samarqand, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridan, 1 nafardan Farg‘ona, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Andijon viloyatlaridan hamda 1 nafari Tojikiston Respublikasidan. Bemorlardan 12 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 63 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2019-yilda tug‘ilgan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 873 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 906 nafarga yetdi.

O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2492 nafarni tashkil qilayotgandi. Endilikda ular soni 2525 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 23-may soat 10:00 holatiga ko‘ra 3 078 kishini tashkil qilmoqda. Mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat aniqlanganidan beri 13 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют