» » Farg‘ona viloyatida bir kunda ikki velosipedchi YTH qurboni bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida bir kunda ikki velosipedchi YTH qurboni bo‘ldi


Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi 18-may, dushanba kuni Farg‘ona viloyatida odam o‘limi bilan yakunlangan uchta yo‘l-transport hodisasi haqidagi reportajni e’lon qildi.

YTHlarning ikkitasi velosipedchilar o‘limi bilan, yana biri voyaga yetmagan bolaning o‘limi bilan yakunlangan.

Birinchi YTH soat 8:40 larda Yozyovon tumani Xonobod qishlog‘i hududidan o‘tgan Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 380-kilometrida yuz bergan. Isuzu yuk mashinasi yo‘lning o‘ng tomonidan harakatlanib borayotgan velosipedchiga nisbatan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rmagan. O‘z navbatida velosipedchi ham avtomobil harakatini kuzatmay yo‘lning chap tomoniga qayrilib olishi sababli YTH yuz bergan. Velosiped haydovchisi voqea joyida vafot etgan.

Mavzuga doir: Andijonda velosipeddan yiqilgan 69 yoshli erkak voqea joyida vafot etdi

Ikkinchi YTH soat 11:30 larda (avvalroq YHXBB bu YTH soat 14:40 larda yuz bergani haqida yozgandi) Dang‘ara tumani Qo‘riq qishlog‘ida sodir bo‘lgan. 28 yoshli Captiva haydovchisi qatnov qismini kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yuborgan. 54 yoshli erkak olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Uchinchi YTH soat 12:00 larda (avvalroq YHXBB bu YTH soat 14:50 larda yuz bergani haqida yozgandi) O‘zbekiston tumani Xudoyorxon qishlog‘i hududida sodir bo‘lgan. 22 yoshli “Jiguli” haydovchisi 3 yoshli bolani urib yuborgan. Hodisa oqibatida 3 yoshli o‘g‘il bola shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir: Farg‘onada ikki kun ichida 3 yoshli ikki nafar bola YTH qurboni bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida bir kunda piyodalar ishtirokida 3 ta YTH sodir bo‘lgani, ulardan ikki nafari hodisa oqibatida vafot etgani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют