» » Mosulda IShID yetakchisining yaqinlaridan biri yo‘q qilindi

Mosulda IShID yetakchisining yaqinlaridan biri yo‘q qilindi


IShID terrorchi guruhi yetakchisi Abubakr al-Bag‘dodiyning gumashtalaridan biri, Abu Abdulrahmon laqabli radikal o‘ldirildi. Bu ish Iroqning Mosul shahrini ozod qilish bo‘yicha operatsiya chog‘ida amalga oshirildi, deb xabar beradi “TASS”.

Iroq federal politsiyasi qo‘mondoni general Raid Shokir Javdot bu haqdagi bayonot bilan chiqdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, al-Bag‘dodiyning qurshovidan o‘rin olgan dala komandiri Mosul g‘arbidagi az-Zanjili tumanidagi IShID marralarini o‘qqa tutish chog‘ida yo‘q qilingan.

Shuningdek, Eski Mosul mahallalarida IShIDning yana bir yetakchilaridan biri, asli rossiyalik Abu Mariya ar-Rusiyning o‘ldirilgani bildirilmoqda. Agar ushbu ma’lumot isbotini topsa, oxirgi bir sutka mobaynida terrorchi tashkilotning uchinchi yetakchi a’zosi o‘ldirilgani tasdiqlanadi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (19-04-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют