» » Rossiyada bir sutkada 9434 kishi koronavirusga chalindi. Bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan 540 kishiga ko‘p

Rossiyada bir sutkada 9434 kishi koronavirusga chalindi. Bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan 540 kishiga ko‘p


Rossiyada so‘nggi sutkada 9434 kishi koronavirusga chalingani qayd etildi. Bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan 540 kishiga ko‘pdir.

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 335 882 kishi koronavirusga chalindi.

So‘nggi sutkada kasallanganlarning eng ko‘pi Moskva (3190 nafar), Moskva viloyati (846 nafar), Sankt-Peterburg (363) shaharlarida aniqlangan.

Shuningdek, sutka davomida 139 nafar bemor, umumiy hisobda esa 3388 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan. Kasallanganlarning 8111 nafari tuzalib, ularning umumiy soni 107 936 nafarga yetgan.

Mamlakatda 3 kundan buyon kasallanganlar soni 9 ming kishidan oshmayotgandi. 22-may kuni koronavirusga chalinish bo‘yicha 8894 ta holat qayd etilgan bo‘lsa, 21-may kuni 8849 ta, 20-mayda esa 8764 ta holat aniqlangan.

Rossiya 12-maydan buyon koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda bo‘lib kelayotgandi. Endi esa Braziliya kasallanganlar soni bo‘yicha uni ortda qoldirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют