» » MMA afsonasi Cheyl Sonnen UFC’ning eng yaxshi jangchilari ro‘yxatini tuzdi. Habib 1-o‘rinda, Konor esa — 4

MMA afsonasi Cheyl Sonnen UFC’ning eng yaxshi jangchilari ro‘yxatini tuzdi. Habib 1-o‘rinda, Konor esa — 4


UFC va Bellator sobiq jangchisi, MMA afsonasi Cheyl Sonnen vazn toifasidan qat’i nazar UFC’ning eng yaxshi yakkakurashchilari reytingini tuzib chiqdi.

U birinchi o‘ringa promoushen yengil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomevdovni loyiq ko‘rgan. Sonnen rossiyalik jangchining yengilmagani va raqobatga boy vazn toifasi chempioni ekanidan kelib chiqib unga birinchi o‘rinni bergan.

Ikkinchi o‘rindan yarim o‘rta vaznda UFC chempioni Kamaru Usmon o‘rin olgan. Kuchli uchlikni mutlaq yengil vazn toifasi vakili Genri Sehudo yakunlab bergan. Sonnen Kamaru Sehudodan farqli ravishda kuchliroq raqiblarga to‘qnash kelishini alohida ta’kidlagan.

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida ikki vazn chempioni Amanda Nunyes top-5 likka yakun yasagan.

Habib Nurmagomedov ham mag‘lubiyatga uchragan, faqat MMA’da emas (video).

Mavzuga doir: Habib Nurmagomedov MMA reytingida yetakchilikni saqlab qoldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют