» » Ispaniya hukumati futbol bo‘yicha La Liga bahslarini davom ettirishga ruxsat berdi

Ispaniya hukumati futbol bo‘yicha La Liga bahslarini davom ettirishga ruxsat berdi


Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches mamlakat futbol bahslarini iyun oyidan davom ettirilishini ma’lum qildi. Bu haqida Marca nashri xabar bermoqda.

“Ispaniya o‘zidan talab qilingan barcha narsani bajaradi. Endi esa bizning oldimizda yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Ko‘plab haftalik tadbirlarni davom ettirish vaqti yetdi. La Liga 8-iyunda qaytadi”, — deya bayonot berdi Sanches.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati bahslari mart oyi avvalida to‘xtatilgandi. La Liganing 27-turidan so‘ng musobaqa jadvalida “Barselona” 58 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Uning azaliy raqibi “Real” esa 56 ochko bilan ikkinchi o‘rindan joy olgan.

Ma’lumot uchun, kuchli beshlik ligalari orasida Fransiya chempionati muddatidan avval yakunlandi. Germaniya esa 16-maydan Bundesliga bahslarini davom ettirmoqda. Angliyada iyun oyidan futbol bahslarini muxlislarsiz o‘tkazishga ruxsat berilgan. Italiyada hozircha vaziyat mavhumligicha qolmoqda.

Mavzuga doir: Ispaniyada 45 kunlik karantindan so‘ng ko‘chaga chiqqan bolalar — suratlarda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют