» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 3115 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 3115 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 23-may soat 22:30 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 26 kishiga ko‘payib, 3115 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining 25 tasi karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar orasidan, yana bittasi esa Qozog‘istondan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan.

“Karantinda bo‘lganlarning 22 nafari chet eldan kelgan, uch nafari esa kasallikni bemorlar bilan muloqotda yuqtirgan”, — deyiladi SSV axborotida.

Eslatib o‘tamiz, hozirgacha 2532 nafar koronavirusga chalingan fuqaro butunlay sog‘aygan, 544 bemor esa davolanishni davom ettirmoqda; 13 nafar bemor infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют