» » Buxoroda noqonuniy tarzda ohaktosh qazigan fuqaro jarimaga tortildi

Buxoroda noqonuniy tarzda ohaktosh qazigan fuqaro jarimaga tortildi


Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida cho‘l hududidagi yerosti qazilma boyliklari zahirasidan noqonuniy tarzda ohaktosh qazigan fuqaro 2 million 223 ming so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan hududdagi Jarqoq massivida maxsus reyd o‘tkazilgan.

Tadbirda xususiy ekskavatorida ohaktosh qazib olib, yuk avtomobiliga joylayotgan fuqaro B.Sh. voqea joyida qo‘lga tushgan. Surishtiruv jarayonida fuqaro xomashyoni avval ham ko‘p miqdorda qazib olgani va mazkur ishdan daromad olishni ko‘zlagani ma’lum bo‘lgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismi (Yerosti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish talablarini buzish) bilan ayblangan B.Sh. 2 million 230 ming so‘m jarimaga tortilgan. Takroriy o‘g‘rilik sodir etsa, jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan.

Mavzuga doir: Andijonda tulki bolalarini sotmoqchi bo‘lgan fuqaro jarimaga tortildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют