» » Buxoroda ko‘p miqdorda ko‘knor va kannabis yetishtirib, sotishni maqsad qilgan 80 yoshli otaxonga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Buxoroda ko‘p miqdorda ko‘knor va kannabis yetishtirib, sotishni maqsad qilgan 80 yoshli otaxonga jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida ko‘p miqdorda ko‘knor va kannabis giyohvand moddasini yetishtirib, sotishni maqsad qilgan 80 yoshli otaxonga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 21-may kuni Shofirkon tuman IIB xodimlari tomonidan “Qoradori-2020” tezkor tadbiri o‘tkazilgan.

Tadbirda “Qalmaqoni” mahallasida yashovchi 80 yoshli otaxon R.R.ning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda uch sotix yerga 2524 tup ko‘knor, 4 tup kannabis giyohvand o‘simligi ekilib, parvarishlanayotgani aniqlangan.

Otaxon o‘simliklardan 19 kilogramm hosil olib, sotishni maqsad qilganligini ta’kidlagan.

Mazkur holat yuzasidan otaxonga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish), 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 273-moddasi 5-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют