» » Dastin Poryening navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Dastin Poryening navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi


UFC’ning yengil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik chempion Dastin Porye navbatdagi jangini 27-iyun kuni Las-Vegasda (AQSh, Nevada) o‘tkazadigan bo‘ldi.

Poryega ushbu jangda Den Huker raqiblik qiladi. Ular o‘rtasidagi to‘qnashuv 27-iyun kuni o‘tadigan UFC kechasining asosiy jangi bo‘ladi. Qayd etish joiz, Porye va Huker aslida 16-may kuni San-Diyegoda UFC Fight Night 175 musobaqasi doirasida jang qilishi lozim edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sabab ushbu jang bekor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Dastin Porye o‘zining so‘nggi jangida Habib Nurmagomedovga qarshi oktagonga chiqib, muddatidan avval mag‘lub bo‘lgandi. Huker esa so‘nggi jangida ochkolar evaziga Pol Felderni taslim qilgan.

Habib Nurmagomedov Poryeni muddatidan avval mag‘lub etdi (video) 

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют