» » Joze Mourinyo: Faqat g‘alabalardan so‘ng yig‘layman

Joze Mourinyo: Faqat g‘alabalardan so‘ng yig‘layman


“Tottenhem” bosh murabbiyi Joze Mourinyo sobiq jamoasi “Inter”ning Chempionlar Ligasi 2009/10-yilgi mavsumi guruh bosqichi doirasida “Dinamo Kiyev”ga qarshi o‘yinini (2:1) yodga oldi.

“Dinamo”ga qarshi o‘yindan so‘ng yig‘laganman. Men har doim faqat g‘alabadan so‘ng yig‘layman. Bu birinchisi bo‘lgandi.

Jamoa o‘sha o‘yinda yaxshiroq harakat qilishi mumkin edi. Tanaffus paytida kerakli taktik o‘zgarishlarni amalga oshirgandim. Bizni hatto durang ham qoniqtirmasdi.

Futbolchilarni yuragiga yetib borishni uddalaganman. Biz musobaqani tark etishga bu qadar yaqin kelmagandik”, — deydi Mourinyo.

Mavzuga doir: “Juda og‘ir bo‘lgandi”. Joze Mourinyoni yig‘latgan o‘yin ma’lum bo‘ldi

Yevropa Chempionlar Ligasi 2009/10-yilgi mavsumida “Inter” F guruhida “Barselona”, “Rubin” va “Dinamo Kiyev” bilan bahs olib boradi. Guruhda ikkinchi o‘rinni olib pley-offga yo‘llanma olgan milanliklar oxir-oqibat chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют