» » Xiaomi Mi 6 smartfonini taqdim etdi

Xiaomi Mi 6 smartfonini taqdim etdi


19-aprel kuni Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Pekindagi prezentatsiya chog‘ida Mi 6 smartfonini, shuningdek, uning maxsus “keramik” versiyasini taqdim etdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Mi 6 ning 5,15 dyuymli displeyi 1080×1920 o‘lchamiga ega. OAVda ta’kidlanishicha, kompaniya an’anaviy dizaynni tanlagan: smartfon tepadan va pastdan hoshiyaga ega, chetlari ham o‘tkir emas. Xiaomi iPhone 7 yo‘lidan borib, 3,5 millimetrli jekdan voz kechdi.

Mi 6 ning barcha versiyalari 6 Gb operativ xotira, 8 yadroli Snapdragon 835 protsessori hamda 3350 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega. Kompaniya vakillarining bildirishicha, smartfon birinchi marta 12 megapikselli orqa qo‘shkameraga ega bo‘ladi: ulardan biri keng burchakli, ikkinchisi esa sifatini yo‘qotmagan holda ikki karra tasvirni yaqinlashtira oladi. Frontal kamera 8 megapiksellidir.

Shuningdek, prezentatsiyada smartfonning Mi 6 Ceramic nomli keramik korpusli, kameralari 18 karatli oltin bilan hoshiyalangan maxsus versiyasi ko‘rsatildi.

Smartfon Xitoyda 28-apreldan sotuvga chiqariladi. Xiaomi Mi 6 ning narxi 360 dollarni tashkil etadi, bu versiyaning xotirasi 64 Gb. 420 dollarga esa 128 Gb versiyasini xarid qilish mumkin bo‘ladi. Keramik versiyaning qiymati 435 dollarni tashkil etadi.

Опубликовано: admin (19-04-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют