» » Jeydon Sancho “Borussiya D”da yana bir rekord o‘rnatdi

Jeydon Sancho “Borussiya D”da yana bir rekord o‘rnatdi


Dortmundning “Borussiya” klubi hujumkor yarim himoyachisi Jeydon Sancho Bundesliga 27-turi doirasida kechgan “Volfsburg”ga qarshi o‘yinda (2:0) golli uzatma muallifiga aylandi.

Germaniya chempionatining 27-turiga kelib 20 yoshli angliyalik futbolchining joriy mavsumdagi golli uzatmalari soni 16 taga yetdi. Sancho bir mavsumdagi assistlar soni bo‘yicha “Borussiya D”ning rekordini o‘rnatdi. Bundan tashqari futbolchi Bundesliga 2019/20-yilgi mavsumida “gol+pas” tizimida 30 ochko to‘pladi: 14 gol va 16 assist.

Sancho 2017-yilning yozida “Manchester Siti”dan dortmundliklar safiga o‘tgandi.

Mavzuga doir: Sancho, Feliks, Sancho. Jahon futbolidagi eng yaxshi yosh o‘yinchilar reytingi e’lon qilindi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют