» » Toshkentdagi tug‘ruqxonadan 2 nafar ayol koronavirusdan tuzalib chiqdi. O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 2600 nafardan oshdi

Toshkentdagi tug‘ruqxonadan 2 nafar ayol koronavirusdan tuzalib chiqdi. O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 2600 nafardan oshdi


Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 8 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 11 nafar, 3-sonli tug‘ruq majmuasidan 2 nafar, jami 21 nafar bemor 25-may kuni butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 7 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 63 yoshda, yoshi kichigi esa 20 yoshda. Bemorlardan 4 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafari Qashqadaryo viloyatidan, Andijon va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan. Ulardan 1 nafari Sharja–Toshkent yo‘nalishida charter reys orqali, 2 nafari Rossiyadan, yana 2 nafari Qozog‘istondan, 1 nafari Tojikistondan O‘zbekistonga kirib kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 2 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib yuqtirib olgan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 57 yoshda, yoshi kichigi esa 25 yoshda. Hududlar kesimida olinsa, Toshkent shahri, Namangan va Toshkent viloyatlaridan 2 nafardan, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand viloyatlari, Rossiya va Qirg‘izistondan 1 nafardan. Ulardan 6 nafari Rossiyadan, 2 nafari Qozog‘istondan, 1 nafari esa Sankt-Peterburg–Toshkent yo‘nalishida charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib yuqtirib olgan.

3-sonli tug‘ruq majmuasidan tuzalgan 2 nafar ayol esa (27 yoshli va 24 yoshli) Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 919 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 940 nafarga yetib, ayni paytda davolanayotganlar 362 nafarni tashkil etmoqda.

Bundan avval Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Samarqand viloyatida jami 21 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 2586 nafarga yetgani xabar berilgandi. Shunday qilib, bugunning o‘zida 42 nafar bemor tuzalib, sog‘ayganlar soni 2607 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют