» » Xodimida koronavirus aniqlangan DSQning markaziy apparatida o‘tkazilgan tekshiruv natijalari ma’lum bo‘ldi

Xodimida koronavirus aniqlangan DSQning markaziy apparatida o‘tkazilgan tekshiruv natijalari ma’lum bo‘ldi


O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, kasallangan shaxs bilan DSQ xodimlari ham muloqotda bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi inobatga olinib, qo‘mita markaziy apparatining barcha xodimlari COVID-19’ga test topshirayotgani ham ma’lum qilingandi.

DSQ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2020-yil 23-may kuni Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati barcha xodimlaridan COVID-19’ga test tahlillari olingan.

Test tahlili natijalariga ko‘ra, DSQ markaziy apparatida birorta ham koronavirus infeksiyasi bilan zararlanish holati aniqlanmagan.

“Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati barcha xodimlari mehnat qonunchiligiga va karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda avvalgi rejimda ishlashni davom ettiradi”, — deyiladi DSQ xabarida.

Avvalroq Toshkentdagi “Ipoteka bank” bosh boshqarmasi xodimida hamda o‘zbekistonlik ikki nafar bojxonachida koronavirus aniqlangani haqida xabarlar berilgandi.

O‘zbekistonda 25-may soat 16:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3189 nafarni tashkil etmoqda. O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 2607 nafarga yetdi. Mamlakatda 13 nafar bemor koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют