» » FXX Peterburg terakti ijrochisi deb gumon qilinayotgan Abror Azimovning akasi qo‘lga olinganini ma’lum qildi

FXX Peterburg terakti ijrochisi deb gumon qilinayotgan Abror Azimovning akasi qo‘lga olinganini ma’lum qildi


Rossiya federal xavfsizlik xizmati Sankt-Peterburg metrosidagi terakt ishi bo‘yicha Moskvada Akram Azimovni qo‘lga oldi. U terakt tashkilotchisi deb gumon qilinayotgan Abror Azimovning akasi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.

FXX ma’lumotlariga ko‘ra, Akram Azimov teraktga tayyorgarlik ko‘rish davomida foydalanilgan pullarni o‘tkazib berishda, shuningdek, xalqaro terrorchilar bilan aloqa o‘rnatishda ko‘mak bergan. Qo‘lga olingan vaqtida uning yonida jangovar granata bo‘lgani aytilmoqda.

Avvalroq “Fontanka” nashri teraktning ehtimoliy tashkilotchisi Abror Azimovning akasi teraktga aloqadorlik masalasida tekshiruvdan o‘tkazish uchun 18-aprel kuni Moskvaga olib kelingani haqida xabar bergan edi. Nashr Akram Azimov Qirg‘izistonda qo‘lga olingani haqida yozgan edi. “Kommersant” axborotiga ko‘ra, Akram Azimov Moskvaga 19-aprel kuni O‘shdan yuborilgan edi.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, aka-uka Azimovlar Peterburg terakti ijrochisi Jalilovni yaxshi bilgan. Hozirgi vaqtda maxsus xizmatlar terakt arafasida ularning uchalasi Turkiyada bo‘lib, terrorchi guruhlardan birining vakillari bilan uchrashgani ehtimoli yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

Kuni kecha Moskva shahrining Basmanniy tuman sudi Peterburg terakti tashkilotchisi deb gumon qilinayotgan asli qirg‘izistonlik Abror Azimovni hibsga olish haqida qaror chiqargan edi. U qamoqqa olinishiga qarshi emasligini, biroq bor-yo‘g‘i birovlarning buyruqlarini bajarganini aytib o‘tgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют