» » Ilon Mask o‘g‘lining tushunarsiz ismini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Ammo bu ism tushunarli bo‘lib qolmadi

Ilon Mask o‘g‘lining tushunarsiz ismini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Ammo bu ism tushunarli bo‘lib qolmadi


Amerikalik tadbirkor, Space X va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask va uning sevgilisi, qo‘shiqchi Grayms o‘g‘lining tushunarsiz ismini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi, deb yozadi Daily Mail.

Shunga qaramay yangi tug‘ilgan chaqaloqning ismi tushunarsizligicha qolmoqda.

Mask va Grayms bir necha hafta oldin tug‘ilgan bolaga dastlab X ? A-12 deb ism qo‘ygan edi. Biroq Amerikaning Kaliforniya shtati qonunchiligiga ko‘ra ismlarda arabcha raqamlar ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Milliarder va xonanda bolaga boshqa ism qo‘ydi. Endi ularning o‘g‘li X ? A-Xii ismini oldi.

Grayms muxlislariga Mask bilan ishlatgan xiylasi haqida so‘zlab berdi. Ma’lum bo‘lishicha, ismning so‘nggi qismi Xii bu Rim raqamlariga o‘xshatib yozilgan 12 raqami hisoblanadi.

“Rim raqamlari. Hatto endi yaxshiroq bo‘ldi”, — deb yozadi xonanda.

Mavzuga doir: Ilon Mask oltinchi farzandiga X ? A-12 deb ism qo‘ydi. Kaliforniya shtati ma’muriyati bunday ismni qabul qila olmaydi, uni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют