» » Karantin sababli Rossiyadagi 1000 nafardan ortiq o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatildi

Karantin sababli Rossiyadagi 1000 nafardan ortiq o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatildi


O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi karantin cheklovlari sababli mazkur mamlakatda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga yordam ko‘rsatmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya hududida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston elchixonasi tomonidan ularni zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasida amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Razumovskiy nomidagi Rossiya texnologik universiteti, “MISiS” Milliy tadqiqot texnologik universiteti, Rossiya davlat turizm va xizmatlar universiteti, Moskva aviatsiya instituti, I.Yevdokimov nomidagi Moskva davlat tibbiyot va stomatologiya instituti, Rossiya transport universiteti, Rossiya davlat neft va gaz universiteti, Rossiya davlat xalqlar do‘stligi universiteti, “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universitetida ta’lim olayotgan 1000 nafardan ortiq talabaga oziq-ovqat yetkazib berilgan.

Avvalroq O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi mazkur mamlakatda koronavirus sababli og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berish uchun “Mehr” loyihasini ishga tushirgandi. Mazkur loyiha doirasida og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar 1,2 million rubldan ortiq yordam puli olgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish uchun 11—24-may kunlari Moskva, Qozon, Sankt-Peterburg, Rostov-Don va Novosibirsk shaharlaridan Toshkentga charter reyslar amalga oshirildi. Bundan tashqari, 25-maydan 7-iyunga qadar Yekaterinburg, Moskva, Sankt-Peterburg, Rostov-Don va Novosibirsk shaharlaridan yana yangi charter reyslar amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 1) ( 91) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...