» » “O‘zbekiston temiryo‘llari” tarkibidagi nosohaviy korxonalar optimallashtiriladi

“O‘zbekiston temiryo‘llari” tarkibidagi nosohaviy korxonalar optimallashtiriladi


“O‘zbekiston temiryo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi nosohaviy korxonalar optimallashtiriladi. Bu masala yuzasidan Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-may kuni transport sohasining barqaror ishlashini ta’minlash va izchil rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda topshiriq berdi.

Qayd etilishicha, pandemiya davrida temiryo‘l orqali yuk tashishga talab keskin ko‘paygan. Xususan, xalqaro yuk tashuvlarida temiryo‘lning ulushi 75 foizdan 87 foizga oshdi. “Bu xizmatlar sifatini yaxshilash va tannarxni tushirish orqali mijozlarni ko‘paytirish uchun yaxshi imkoniyat”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Koronavirus sababli O‘zbekistonning transport kompaniyalari qancha zarar ko‘rgani ma’lum qilindi

Ta’kidlanishicha, “O‘zbekiston temiryo‘llari” tizimida asosiy vositalarning eskirgani, jamiyat tarkibida nosohaviy aktivlarning ko‘pligi asosiy faoliyatni rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda.

Shu bois “O‘zbekiston temiryo‘llari” tarkibidagi nosohaviy korxonalarni optimallashtirish, tariflarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish, vagon va lokomotiv parkini yangilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston temiryo‘llari” mamlakatdagi monopol kompaniyalardan biri bo‘lib, uning tarkibiga kiruvchi kompaniyalar metro, suv ombori, spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi zavod, aeroport, ko‘prik, istirohat bog‘i qurilishi bilan shug‘ullanadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistondagi 4 ta aeroportni davlat-xususiy sheriklikka, Uzbekistan Airways’ni xorijiy kompaniya boshqaruviga berish rejalashtirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют