» » Ispaniyada xorijlik sayyohlar uchun majburiy bo‘lgan karantin talabi 1-iyuldan bekor qilinadi

Ispaniyada xorijlik sayyohlar uchun majburiy bo‘lgan karantin talabi 1-iyuldan bekor qilinadi


Ispaniya hukumati 1-iyuldan boshlab xorijlik sayyohlar uchun 14 kunlik karantinni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ispaniya hukumati tomonidan ma’lum qilinishicha, mazkur qaror 25-may kuni bo‘lib o‘tgan vazirliklararo yig‘ilishda qabul qilingan.

Ispaniya hukumati 12-maydan boshlab xorijdan keladigan barcha fuqarolar uchun 14 kunlik karantinni joriy qilgan. Ayni paytda mamlakat chegaralari sayyohlar uchun yopiq, aviaqatnovlar esa cheklangan. 23-may kuni Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches mamlakat iyul oyidan boshlab sayyohlarni qabul qilishga tayyor bo‘lishini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Ispaniya hukumati futbol bo‘yicha La Liga bahslarini davom ettirishga ruxsat berdi

Avvalroq Chexiyada jamoat joylarida niqobsiz yurishga ruxsat berilgani, Chernogoriya koronavirusni yenggan Yevropadagi birinchi davlatga aylangani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют