» » Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 3,1 ming nafardan oshdi

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 3,1 ming nafardan oshdi


Tojikistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni 25-may holatiga ko‘ra 3,1 ming nafardan oshdi, bir sutka davomida 171 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot markaziga tayanib, “RIA Novosti” xabar qilgan.

“Bir sutka davomida COVID-19 bilan kasallanganlar soni 171 taga ko‘paydi va 3100 nafarga yetdi, 46 kishi kasallik oqibatida vafot etgan”, – deya agentlikka ma’lumot bergan vazirlik vakili. SSVga ko‘ra, 1395 kishi koronavirus infeksiyasidan tuzalgan.

Vazirlik tizimidagi shifokorlar 2773 nafar odamni o‘z nazoratida ushlab turibdi, oxirgi bir sutka ichida 232 nafar bemor kasalxonalardan chiqarilgan.

COVID-19 bilan kasallanganlarni davolash va ularning tibbiy kuzatuv ostida ushlash uchun kasalxonalarda 7,5 mingdan ziyod shifokor hamda 25 mingdan ko‘proq hamshira jalb qilingan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют