» » Oksimer — ba’zi kasalliklarni dorilar o‘rniga kislorod bilan davolaydigan birinchi klinika

Oksimer — ba’zi kasalliklarni dorilar o‘rniga kislorod bilan davolaydigan birinchi klinika


Oksimer bu Markaziy Osiyodagi ba’zi kasalliklarni dori-darmonlar o‘rniga 100 foiz kislorod bilan yuqori samarali davolashni taklif etadigan birinchi klinikadir. Bunday giperbarik oksigenatsiya protsedura (GBO) deb atalib, bemorning organizmini giperbarik barokameraga yuqori bosim ostida uzatiladigan toza O2 bilan to‘yintirish usuli hisoblanadi. Endi siz ham kislorodning sof ko‘rinishdagi ajoyib ta’sirini his qilishingiz mumkin!

Bu qanday ishlaydi?

Bemor tibbiyot barokamerasiga joylashtiriladi va maxsus yuz niqobi yordami orqali toza kisloroddan nafas oladi, seans ikki soat davom etadi. Gazning yuqori bosimi hisobiga barcha organlarning kislorod bilan to‘yinishi, to‘qimalarda qon aylanishi va hujayralar darajasida moddalar almashinuvi jarayonining yaxshilanishi ro‘y beradi. Ushbu protsedura inson salomatligiga juda ko‘p ijobiy ta’sir qilish spektriga ega bo‘lib, buzilgan funksiyalarni normallashtirishga, shu jumladan muammoli zonalarda yangi qon tomirlari tarmog‘ini shakllantirishga, shuningdek, antioksidantlarni (hujayralar, organlar va tizimlarning to‘g‘ri ishlashiga ta’sir etuvchi moddalarni) tabiiy ishlab chiqarishga yordam beradi.

Ta’kidlash lozimki, GBOning afzalliklari orasida yallig‘lanishga va mikroblarga qarshi yaqqol ta’sirlar ham mavjud bo‘lib, bu virusli va yuqumli kasalliklarning kuchayishi davrida dori-darmonlarni iste’mol qilishni kamaytiradi. Kisloroddan nafas olish yo‘qolgan quvvatni to‘ldiradi, tetiklantiradi va atrof-muhit omillarining salbiy ta’sirini zararsizlantiradi. Muhimi — bunday tabiiy davolanishning ta’siri uzoq vaqt davomida saqlanib qoladi! Protseduralarning o‘rtacha kursi 7 tadan 15 ta seansgacha o‘zgarib turadi va asosiy kasallik, ahvolning og‘irligi va davolashning ta’siriga qarab belgilanadi.

Qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar

GBOning samaradorligi yurak-qon tomir, nevrologik, teri, ko‘z va quloq-burun kasalliklari va patologiyalarini davolashda yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, kosmetologiyada, shuningdek, jarrohlik aralashuvidan oldin va reabilitatsiya terapiyasini tayyorlash protsedurasi sifatida keng qo‘llaniladi. Gipoksiya, o‘pkaning surunkali kasalliklari (bronxit, astma) va allergik kasalliklarda giperbarik oksigenatsiya birinchi navbatdagi tavsiya sanaladi.

Bundan tashqari, GBOning diabetologiyadagi samaradorligini ta’kidlash kerak: diabetik oyoqlarda giperbarik oksigenatsiya davolash qiyin bo‘lgan surunkali yaralarni davolashga yordam beradi. Kasallangan to‘qimalarga kislorodning yetkazilishi nafaqat holatning yanada yomonlashishining oladi, balki sog‘ayish jarayonini ham tezlashtiradi. GBO terapiyasining 15 ta seansidan so‘ng yangi qon tomirlari paydo bo‘ladi va shu bilan birga, organizmning chuqur regenerativ jarayonlari, hatto terapiyaga o‘ta rezistent bo‘lgan yaralarda ham, faollashadi. Bundan tashqari, bosim ostida yetkazib berilayotgan kislorod bakteritsid vositasi sifatida ishlaydi va mikroblarni o‘ldiradi. Bunday terapiya yordamida ko‘p hollarda amputatsiyanining oldini olish mumkin.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, diabetik oyoq sindromi bo‘lgan bemorlarda GBOni davolashdan keyin yarani davolash ehtimoli 3 baravar yuqori bo‘ladi. Holatning yaxshilanishi surunkali vena yetishmovchiligi, periferik arteriya okklyuziyasi, qandli diabet kasalliklarida aniqlandi.

Jahon tajribasi: GBO AQSh, Xitoy, Rossiya va Yevropa mamlakatlarida terapiya va reabilitatsiyaning almashtirib bo‘lmas usuli sanalgan ayrim sohalar:

Jarrohlik: favqulodda holatlarda, turli xil jarohatlar bilan og‘rigan odamlardagi rekonstruktiv-plastik operatsiyalardan so‘ng, mikrojarrohlik, urologik va boshqa rekonstruktiv bo‘shliq operatsiyalaridan so‘ng, shuningdek, reabilitatsiyaning dastlabki bosqichlarida (bosh suyagi-miya jarohatida, qizilo‘ngachning kuyishida, osteoxondropatiyada va b.).

Pediatriya: oshqozon-ichak trakti kasalliklarini davolash, shuningdek, o‘tkir sensorional qulog‘i og‘irlikni davolash (GBOni o‘z vaqtida qo‘llanganda bolalarda eshitishning to‘liq tiklanishiga yordam beradi), siydik tizimida tug‘ma patologiyasi bo‘lgan, astenonevrotik va neyrokirkulyatsion kasalliklari bo‘lgan bolalarning reabilitatsiya terapiyasida va bolaning o‘sishi va rivojlanishining turli xil displastik kasalliklarida davolashning ajralmas qismi hisoblanadi.

Stomatologiya va chag‘-yuz jarrohligi: periodontoz va periodontitda, yiringlashda, jag‘ osteomiyelitida, jarrohlikka va implantatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishda, shuningdek, operatsiyadan keyingi reabilitatsiyada.

Bizning klinikamiz dunyodagi ilg‘or klinikalarning kislorod bilan davolash tajribasini o‘zlashtirdi — siz salomatligingizni o‘z ishining professionallariga ishonib topshirishingiz mumkin!

Oksimer shifokorlari malakali tashxis qo‘yish, qarshi ko‘rsatmalarni bartaraf etish va seanslar soniga tuzatish kiritish uchun barcha zarur tahlillar va tekshiruvlarni o‘tkazadilar. Turkiyada ishlab chiqarilgan texnik jihozlar va barokameralar xalqaro standartlarga javob beradi, buning natijasida esa sog‘ayib ketayotgan bemorlarning soni kun sayin ortib bormoqda!

Giperbarik oksigenatsiya bu dori-darmonsiz davolanishning yangi usuli bo‘lib, endi O‘zbekistonda ham taqdim etilmoqda!

Manzil: Farg‘ona sh., Nurafshon ko‘chasi, 35 A-uy

Telefon: +998732430005

Oksimer.uz

71 241 76 54

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют