» » Tailand janubida ketma-ket 13 portlash yuz berdi

Tailand janubida ketma-ket 13 portlash yuz berdi


Tailand janubidagi Narativat, Yalla, Pattarni va Songkla viloyatlarida 13 portlashdan iborat portlashlar seriyasi yuz berdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

“RIA Novosti”ning Tailand nashrlariga asoslanib xabar berishicha, mazkur portlashlarni uyushtirgan ikki jangari Songkla viloyatidagi harbiy qism oldiga kelganda halok bo‘lgan. Ularning qo‘lbola bombasi vaqtidan avval portlab ketgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, portlashlar mahalliy vaqt bilan soat 19:00—22:30 oralig‘ida (Toshkent vaqti bilan 17:00—19:30 oralig‘ida) politsiya bo‘linmalari, postlari va politsiyachilarning uylari oldida yuz bergan.

Xabar berishlaricha, mototsikl mingan jangarilar tomonidan otilgan qo‘l granatalari portlagan, shuningdek, jangarilar va politsiyachilar o‘rtasida otishmalar yuz bergan.

Ichki xavfsizlik bo‘yicha tezkor boshqarma vakili Yuttanam Petchmuangning so‘zlariga ko‘ra, bu “tartibsizlik keltirib chiqarish niyatidagi odamlarning qilmishidir”. “Aftidan, ularning maqsadi o‘ldirish emas, balki tartibsizliklarni keltirib chiqarish bo‘lgan”, — dedi u.

Hozircha hech bir terrorchilik tashkiloti mazkur hodisa javobgarlikni o‘z zimmasiga olganicha yo‘q.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют