» » Qoraqalpog‘istonda 13 yoshli farzandini 15 ming dollarga pullayotgan ayol qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘istonda 13 yoshli farzandini 15 ming dollarga pullayotgan ayol qo‘lga olindi


Qoraqalpog‘istonda 13 yoshli farzandini aldab, uning o‘ziga aytmasdan boshqaga sotayotgan ayol ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, 2020-yilning 19-may kuni 43 yoshli M.P. Beruniy tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, To‘rtko‘l tumanida yashovchi Q. ismli ayol o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lib yurganligini bayon qilgan. Arizaga asosan shu kuni soat 21:00 da Beruniy tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda To‘rtko‘l tumanida joylashgan uyda ijarada yashab kelayotgan 38 yoshli Q.K. o‘zining ikkinchi farzandi — voyaga yetmagan 13 yoshli D.O.ni fuqaro S.E.ga 15 ming AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Hodisa sodir bo‘lgan joydan kimyoviy ishlov berilgan 400 AQSh dollari hamda qolgan 14 ming olti yuz AQSh dollari miqdoridagi pullar aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Q. K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” (Odam savdosi) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют