» » Bangkokda ko‘cha ovqati taqiqlandi

Bangkokda ko‘cha ovqati taqiqlandi


Tailand poytaxti Bangkok rasmiylari ko‘chalardan oziq-ovqat rastalarini olib tashlash qaroriga keldi. Bu qaror tartib va gigiyena talablari bilan bog‘liqdir, deb aniqlashtiradi Meduza.

Shaharning markaziy ko‘chalarida taqiq allaqachon amalga kirdi, Bangkokning qolgan tumanlarida esa yil oxirigacha qonun ijrosi ta’minlanishi kutilmoqda.

“Bangkok ma’muriyati barcha 50 tumandan ko‘cha ovqatlarini olib tashlab, piyodalar yo‘lkalarini piyodalarga qaytarish ustida ishlamoqda”, — ma’lum qilgan edi aprel oyining o‘rtalarida Bangkok gubernatorining katta maslahatchisi Vanlop Suvandi The Nation nashriga bergan intervyusida.

Tumanlardan birining ma’muriyatida xabar qilinishicha, taqiq aravachalarga taalluqli bo‘lmay, faqat statsionar rastalarning olib tashlanishiga olib keladi.

Опубликовано: admin (19-04-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют