» » Sen-Pyer: Habib Nurmagomedov ko‘cha jangida Toni Fergyusonni mag‘lub etadi

Sen-Pyer: Habib Nurmagomedov ko‘cha jangida Toni Fergyusonni mag‘lub etadi


Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Jorj Sen-Pyer promoushenning yengil vazndagi jangchilari Habib Nurmagomedov, Konor Makgregor, Toni Fergyuson va Jastin Getjilar haqida gapirdi.

“Konor yana chempion bo‘lishi mumkin. Biroq uni taslim eta olish uchun Habibda juda yaxshi uslub bor. U Konor uchun kriptonit (DC Comics kino olamiga tegishli, o‘ylab topilgan kristal-radioaktiv modda — izoh “Daryo”).

Habib masofani qisqartirishni juda yaxshi biladi va bu Konorning ojiz nuqtasi. Getji Habibni yengadigan bo‘lsa, bu boshqa gap. Konorda Habibni mag‘lub etishdan ko‘ra Jastin yengish imkoniyati yuqori.

Kutilmaganda hujumga o‘tish — ko‘cha jangidagi eng muhim jihat. Biroq Toni va Habib bir vaqtda urshishni boshlasa, Habib g‘alaba qozonishiga ishonaman. Chunki u yaxshi kurashchi”, — deydi Sen-Pyer.

Konor Makgregorning UFC’dagi debyutini ko‘rganmisiz? U raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratgan (video)

Eslatib o‘tamiz, Habib va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang aprel oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq mazkur jang koronavirus sabab bekor qilindi. Endilikda Fergyusonni mag‘lub etib, vaqtinchalik chempion unvonini qo‘lga kiritgan Jastin Getji rossiyalik yakkakurashchiga qarshi jang qilish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют