» » 53 yoshida ringga qaytishini e’lon qilgan Mayk Taysonga 20 mln dollarlik shartnoma taklif qilindi

53 yoshida ringga qaytishini e’lon qilgan Mayk Taysonga 20 mln dollarlik shartnoma taklif qilindi


Qo‘l janglari ligasi (BKFC) prezidenti Devid Feldman boks bo‘yicha sobiq Jahon chempioni Mayk Taysonga shartnoma taklif qildi.

Shartnomadagi pul miqdori 20 million dollardan oshadi. “Temir Mayk”ga raqib sifatida Vanderley Silvani taklif qilishgan.

“Men bunga Tito Ortisni taklif qilmadim, sababi bu diqqatni tortishiga ishonchim komil emas. Menimcha, Silva varianti ko‘proq to‘g‘ri keladi.

Silvaning yoshi o‘tib qolgani muhim emas, u hali ham xavfli. Bu intrigaga boy qarama-qarshilik bo‘ladi. Biroq da’vogar hali tanlanmadi.

Avvaliga Tayson bilan jang tashkil eta olishimizga ishonch hosil qilishim kerak. Keyin raqiblar haqida gapirsak bo‘ladi. Hozircha Mayk bilan jang tashkil etish borasida kelishuvga erishmadik. Biroq bu eshiklar biz uchun yopiq deb o‘ylamayman. Tayson darhol “yo‘q” deya javob berdi. Ammo fikrimcha, nuqta qo‘yishga hali erta”, — deydi Feldman.

Avvalroq Mayk Tayson boksga qaytishi va bir nechta ko‘rgazmali jangda ishtirok etishi ma’lum bo‘lgandi. Ko‘plab xabarlarda Mayk 57 yoshli Evander Holifildga qarshi 3-jangda ishitirok etishi aytilmoqda.

Mavzuga doir: Mayk Taysonga regbichi bilan jang uchun 1 mln dollar taklif qilindi

Ma’lumot uchun, BKFC (Bare Knuckle Fighting Championship) — boks qoidalari bo‘yicha qo‘lqoplarsiz o‘tadigan jang san’ati hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют