» » JSST koronavirusning kelib chiqishini o‘rganish uchun Xitoyga missiya yuboradi

JSST koronavirusning kelib chiqishini o‘rganish uchun Xitoyga missiya yuboradi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirusning kelib chiqishini o‘rganish uchun Xitoyga missiya yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda JSSTning favqulodda vaziyatlar dasturi rahbari Mayk Rayan brifingda ma’lum qildi.

“Biz xitoylik hamkasblarimiz bilan muhokamalar jarayonida turibmiz. Tushunishim bo‘yicha, ilmiy missiyaning aniq sanasi hozircha ma’lum emas”, — degan Rayan. Shuningdek, tashkilot bunday missiyani o‘tkazishda turli xil mamlakatlarning ilmiy vakillari ishtirok etishi imkoniyati tezroq paydo bo‘lishini kutayotganini ta’kidlagan.

Rayanning aytishicha, bundan ko‘zlangan maqsad virusning kelib chiqishini aniqlashdir. Xitoy bunday yondashuvga tayyor ekanligini bildirganini qo‘shimcha qilgan.

O‘z navbatida, JSST Bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus ham bunday tadqiqotni o'tkazishdan barcha tomonlar manfaatdor ekanligini ta’kidlagan. “Chunki, shu tariqa, virusning kelib chiqishini o‘rganish orqali kelajakda uning paydo bo‘lishining oldini olishimiz mumkin”, — degan u.

Eslatib o‘tamiz, may oyi boshlarida Xitoy hukumati rasmiylari koronavirus infeksiyasi kelib chiqishi bo‘yicha tekshiruvni boshlagan, biroq JSST mutaxassislari unda ishtirok etish uchun taklif qilmagan edi.

AQShning Fox News telekanali koronavirusning Uxanda laboratoriya sharoitida yaratilganini taxmin qilgan. Donald Tramp ham koronavirus laboratoriyada yaratilganini isbotlovchi dalillari borligini bildirgan. AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Xitoy kasallik tarqalishi yuzasidan muhim axborotga ega bo‘lgani, ammo uni o‘z vaqtida oshkor qilmaganini aytgan.

Bunga javoban JSST AQSh koronavirus laboratoriyada yaratilgani to‘g‘risida hech qanday ma’lumot taqdim etmaganini, koronavirus Xitoy laboratoriyalarida paydo bo‘lgani to‘g‘risidagi bayonotni spekulyativ deb aytgan.

Avstraliyaning The Daily Telegraph nashri AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya maxsus xizmatlarini birlashtiruvchi “Besh ko‘z” razvedka alyansi tomonidan tayyorlangan 15 varaqli hisobotga tayanib, Xitoy COVID-19 koronavirus infeksiyasiga oid dalillarni qasddan yo‘q qilib yuborganini yozgandi.

The Guardian g‘arb maxsus xizmatlarida Xitoy koronavirus haqidagi ma’lumotlarni yashirganligiga oid dalillar yo‘qligini, Avstraliya gazetadagi ma’lumotlar “Besh ko‘z” razvedka alyansidan emas, AQShning o‘zidan kelganini bildirgan.

Amerikaning The Washington Post gazetasi esa koronavirusga chalinish bo‘yicha dastlabki holat haqida yana turli nazariyalar tarqalishining oldini olish maqsadida Xitoy hukumatini birinchi odam kasallanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilishga chaqirgan.

Mavzuga doir: JSST: COVID-19 insoniyatni hech qachon tark etmasligi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют